Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.

Birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida $451 mlnlik bitimlar imzolandi

Buxoroda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida 451 mln dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Qolaversa, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari o‘rtasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tuzilishi ma’lum qilindi.

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini «Ko‘ksaroy» qarorgohida kutib oldi. Shundan so‘ng, ikki davlat yetakchilari tor doiradagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelishga taklif qildi.

Markaziy bank nima uchun 200 ming so‘mlik banknot chiqarilishi tezlashganiga izoh berdi

Markaziy bank 200 ming so‘mlik banknotalarni nima uchun avval rejalashtirilgan 2024 yildan ancha avval muomalaga chiqarishga qaror qilinganiga izoh berdi. Regulyator buni muomaladagi naqd pullarning umumiy hajmida 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushining keskin oshgani bilan izohladi.

Farg‘onada 22 yoshli Damas haydovchisi Lacetti to‘qnashuv sodir etdi: 2 kishi o‘ldi, 2 kishi jarohatlandi

Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Navoiylik jurnalist Ruxsora Karimova YTHda halok bo‘ldi

Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muharriri, jurnalist Ruxsora Karimova avariyaga uchrab, vafot etdi. Baxtsiz hodisa junalist ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda yuz bergani aytilmoqda.

O‘zbek atletlari Butunjahon o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi

AQShda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar — Dostonbek Otabolayev karate bo‘yicha bronza, Darya Latisheva esa ushu bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkent viloyatida 3 gektar yerni $350 mingga sotishga urinishdi

Toshkent viloyatida ikki fuqaro 3 gektar yer maydonini 350 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Ular kelishilgan puldan 10 ming dollarini olganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Iyun oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Bu nimaga bog‘liq?

Iyunda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Biroq, aholida import tovarlar va birinchi galdagi zaruriy mahsulotlar narxi oshishi bo‘yicha xavotirlar kuchaygan. Qolaversa, ishbilarmonlar yoqilg‘i, import xomashyo va ehtiyot qismlar qimmatlashi oqibatida narx sun’iy ko‘tarilishidan xavotirda.

50 dan ortiq chegara bojxona postlarida elektron navbatlar joriy etiladi

O‘zbekistondagi 50 dan ortiq chegara bojxona postlarida elektron navbatlar joriy etiladi, haydovchi o‘tkazish punktiga kelmasdan turib telefon orqali ham navbatga yozilishi mumkin. Bunda birinchi navbatda tez buziluvchan bo‘lgani uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ortgan avtomobillarga ustunlik beriladi.

Tergov organini alohida qilish vaqti keldi — Rasul Kusherbayev

Prokuraturada bir vaqtning o‘zida tergov funksiyasi mavjudligi odil sudlovni amalga oshirishga halaqit beradi, degan fikrda Rasul Kusherbayev. Deputat DXX, IIV va prokuraturadan mustaqil bo‘lgan tergov organini tashkil etish vaqti kelgani va buni Konstitutsiyada aks ettirish zarurligini ta’kidladi.

Toshkent hokimi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishni ma’qulladi

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasini obodonlashtirish, drenaj va sug‘orish tizimi, yo‘l bo‘yida piyodalar va velosipedchilar yo‘laklarini barpo etish orqali rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tegishli qarorni imzoladi.

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayol 3 yilga uy qamog‘iga hukm qilindi

Qarshi shahar sudi «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayolni 9 oylik farzandi borligini hisobga olib, 3 yilga uy qamog‘iga hukm qildi. Bundan tashqari, DXX ekstremistik oqim g‘oyalarini tarqatganlikda gumonlab, yana ikki nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturi tasdiqlandi

Prezident qarori bilan 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘limlar sonini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.

Xo‘jakenttepa yodgorligi hududida dacha qurilmoqda. Hujjatlar prokuraturaga topshirildi

Madaniy meros agentligi Bo‘stonliqdagi Xo‘jakenttepa arxeologik yodgorligi hududida dala hovli qurilayotgani yuzasidan izoh berdi. Avvalroq bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Ayrim AYOQSHlarda benzin kamroq quyilayotgani aniqlandi

«O‘zneftgazinspeksiya» ayrim AYOQSHlarda benzin kam quyilayotgani, sifatsiz yoqilg‘i sotilayotgani hamda boshqa qonun buzish holatlarini aniqladi. Jumladan, 10 ta holatda iste’molchilar haqidan har 10 litrda 750 millilitrgacha kam quyib berilayotgani ma’lum bo‘ldi.

«Yerusti halqa yo‘li»dagi metroning 5- va 7-bekatlari oralig‘ida vaqtincha avtobus qatnaydi

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi tufayli metro harakati vaqtincha to‘xtatildi va uning o‘rniga «Rohat 5-metro bekati — Qo‘yliq 7-metro bekati» oralig‘ida vaqtincha ikkita avtobus qatnaydi.

O‘zbekistonda gumondorlarga nisbatan elektron brasletdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

2024 yil 1 dekabrga qadar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlab turilgan shaxslarning qochishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Xonandalar daromad solig‘ini deklaratsiya asosida to‘lash tartibi belgilandi

Prezident farmoni bilan xonanda va ijrochilarga daromad solig‘ini deklaratsiya asosida to‘lash tartibi belgilandi. Shuningdek, to‘yxona va restoranlarda xizmat ko‘rsatuvchi ijrochilar 2024 yil 1 yanvargacha daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish qonuni loyihasida nimalar yetishmayapti?

Ommaviy muhokamasi ertaga yakunlanadigan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar loyihasida ziddiyatlar va takrorlanishlarni uchratish mumkin. O‘z navbatida, unda hokimiyat tarmoqlarining haqqoniy bo‘linishi va reprezentativ demokratiyaning mustahkamlanishi bo‘yicha o‘zgartirishlar yetishmaydi. Komil Jalilov maqolasi.