14 iyul kuni Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muharriri, jurnalist Ruxsora Karimova avtohalokatda vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Marhuma ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda YTHga uchragan, ammo YTH tafsilotlari hozircha noma’lumligicha qolmoqda, deb yozmoqda Daryo.

«O‘zimiz ham shokdamiz. Eng mahoratli va inson sifatida ham samimiy hamkasblarimizdan biri edi», — degan AOKAning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Mamarajabov.

Uyushma hodimining Facebook`da yozishicha, u 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan.