Jamiyat

Madaniy meros obyektlariga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin
26 avgust 2022, 19:05

Madaniy meros obyektlariga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

Juma kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan qonunlarning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilash masalasini ko‘rib chiqdi.

«Shaxmatchining diyetasi. Qanday qilib xalqaro grossmeyster bo‘lish mumkin?»
26 avgust 2022, 19:00

«Shaxmatchining diyetasi. Qanday qilib xalqaro grossmeyster bo‘lish mumkin?»

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi, xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov «Gazeta.uz» bilan suhbatda bir kunda necha soat shug‘ullanishi, shaxmat doskasi ustida 6−9 soatni qanday o‘tkazishi, ovqatlanish ratsioni, uyqu miqdori, qolaversa, g‘alabadan keyin jamoa nimalar bilan mashg‘ul ekanini so‘zlab berdi.

Shohrullo Abdullayev TBRG Open loyihasi doirasida Djeyson Derulo ustozligida yaratilgan qo‘shiqni taqdim etdi
26 avgust 2022, 19:00

Shohrullo Abdullayev TBRG Open loyihasi doirasida Djeyson Derulo ustozligida yaratilgan qo‘shiqni taqdim etdi

Yosh o‘zbekistonllik san’atkor Shohrullo Abdullayev tomonidan Djeyson Derulo ustozligida yaratilgan «Alvido» treki musiqa platformalarida tinglash uchun mavjud.

O‘rta Chirchiqda 15 sotix bo‘sh yerni $15 ming evaziga sotishga uringan shaxs aniqlandi
26 avgust 2022, 18:36

O‘rta Chirchiqda 15 sotix bo‘sh yerni $15 ming evaziga sotishga uringan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro mahalla hududidagi 15 sotix bo‘sh yerni 15 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi mazkur yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 10 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasida 58 nomdagi eksponatlar yo‘qligi aniqlandi
26 avgust 2022, 17:04

Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasida 58 nomdagi eksponatlar yo‘qligi aniqlandi

Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasida olib borilgan o‘rganishlar davomida 58 nomdagi ashyolar muzey fondida yo‘qligi, 24 tasi o‘lchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi. Keltirilgan zarar qiymati esa qariyb 3,5 mlrd so‘mga baholandi.

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada xotinini kaltaklagan er ertasi kuni uni o‘ldirib qo‘ydi
26 avgust 2022, 16:36

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada xotinini kaltaklagan er ertasi kuni uni o‘ldirib qo‘ydi

Quyi Chirchiq tumanidagi bog‘chada o‘z xotinini kaltaklagan erkak keyinchalik uni o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuratura jinoyat rashk sabab sodir etilganini aytmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun barcha OTMlarga alohida 6,5 mingta kvota ajratiladi
26 avgust 2022, 15:06

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun barcha OTMlarga alohida 6,5 mingta kvota ajratiladi

Faqat qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotasi ajratiladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev juma kuni Jo‘qorg‘i Kengesdagi nutqi davomida.

O‘zbekistonda Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi
26 avgust 2022, 13:43

O‘zbekistonda Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. Unga vazir maslahatchisi Bobur Rahimov rahbarlik qiladi. Kengash sun’iy intellekt yordamida amaliy tajribalar o‘tkazish va ularni tezroq mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.

Botanika bog‘inining faoliyati qayta tiklandi
26 avgust 2022, 12:21

Botanika bog‘inining faoliyati qayta tiklandi

OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilgani sababli vaqtincha yopilgan Botanika bog‘i 26 avgustdan tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochilganligi ma’lum bo‘ldi.

Dam olish kunlari biroz issiq bo‘ladi
26 avgust 2022, 12:04

Dam olish kunlari biroz issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi, ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berish tartibi tasdiqlandi
26 avgust 2022, 11:48

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat yetkazib berish tartibi tasdiqlandi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish tizimi joriy etilgandi. Hukumat bu bo‘yicha hujjatni tasdiqlab, o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish tartibini belgiladi. Unga ko‘ra, taomnoma kundalik.com platformasi orqali yuritilib, maxsus komissiya tomonidan nazorat qilinadi.

Madaniyat vazirligi xodimi hamkasbini pichoqlagani uchun 10 yilga qamaldi
26 avgust 2022, 10:56

Madaniyat vazirligi xodimi hamkasbini pichoqlagani uchun 10 yilga qamaldi

Aprelda iftorlik vaqtida Madaniyat vazirligi xodimlari o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgandi. O‘shanda ulardan biri oshxona pichog‘i bilan hamkasbini jarohatlab qo‘ygandi. Sud ayblanuvchini 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Andijonda fuqaroni $11 000 evaziga Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishga uringan shaxslar ushlandi
26 avgust 2022, 10:41

Andijonda fuqaroni $11 000 evaziga Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishga uringan shaxslar ushlandi

Andijonda fuqaroni 11 ming dollar evaziga Janubiy Koreyadagi kemasozlik zavodiga ishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondorlarning aybi sudda o‘z isbotini topsa, ko‘pi bilan 3 yilgacha qamalishi mumkin.

Iste’foga chiqarilgan harbiylar xizmat muddatidan qat’i nazar uy-joy bilan ta’minlanadi
26 avgust 2022, 09:45

Iste’foga chiqarilgan harbiylar xizmat muddatidan qat’i nazar uy-joy bilan ta’minlanadi

Prezident qarori bilan xizmat vaqtida orttirilgan kasallik yoki olingan jarohati tufayli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilib, rezervga bo‘shatilgan, shuningdek halok bo‘lgan harbiylarning, ularning xizmat muddatidan qat’i nazar, oila a’zolari uy-joy bilan ta’minlanishi belgilandi.

Beruniy tumanida Abu Rayxon Beruniy majmuasi quriladi
25 avgust 2022, 21:55

Beruniy tumanida Abu Rayxon Beruniy majmuasi quriladi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlab ulug‘ alloma nomidagi majmua barpo etiladi. Forumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, qo‘lyozmalar va boshqa materiallarni restavratsiya qilish rejalashtirilgan.

Buxoro viloyatida qamishzordagi yong‘inni o‘chirishga 100 dan ortiq qutqaruvchi jalb qilindi
25 avgust 2022, 21:30

Buxoro viloyatida qamishzordagi yong‘inni o‘chirishga 100 dan ortiq qutqaruvchi jalb qilindi

Chorshanba kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida qamishzorlarga o‘t ketdi. Voqea joyiga FVVning 107 nafar qutqaruvchisi jo‘natildi. Payshanba kuni Mudofaa vazirligining vertolyoti ishga qo‘shildi. Yong‘in maydoni 100 gektarni tashkil etgan, 80 gektar maydon o‘chirilgan.

Nogironlik pensiyalarini qayta hisoblash to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
25 avgust 2022, 20:55 3

Nogironlik pensiyalarini qayta hisoblash to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

Qonunchilik palatasi nogironlik bo‘yicha pensiyani har ikki yilda bir marta qayta hisoblash hamda ish stajiga va ish haqiga qarab indeksatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. 2023 yildan boshlab 75 ming nogironning pensiyasiga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shilishi kutilmoqda.

Qashqadaryoda obodonlashtirish tashkiloti 573 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
25 avgust 2022, 17:38

Qashqadaryoda obodonlashtirish tashkiloti 573 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Qashqadaryoda ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish uchun ajratilgan 573,2 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar bu mablag‘ni bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirgan. Ularga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nukusda yoshlar texnoparki ish boshladi
25 avgust 2022, 17:17

Nukusda yoshlar texnoparki ish boshladi

Nukus shahrida «InnoWeek-2022» doirasida yoshlar texnoparki ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Texnoparkni tashkil etish va uni texnik ta’minlash uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi qariyb 9 mlrd so‘m yo‘naltirdi.

Qo‘llanma: Xalq nazorati portaliga smartfon orqali qanday murojaat qilish mumkin?
25 avgust 2022, 16:45

Qo‘llanma: Xalq nazorati portaliga smartfon orqali qanday murojaat qilish mumkin?

Xalq nazorati portali orqali Toshkent yo‘llaridagi «yamalar», ko‘p qavatli uylarda lift buzilishi, daraxtlarga zarar yetkazilishi kabi masalalar bo‘yicha murojaat qilish mumkin. «Gazeta.uz» xizmat qanday ishlashini aniqlash uchun smartfondan beshta ariza yubordi. Murojaat yo‘llash va natijalari haqida bayon etamiz.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting