Dam olish kunlari biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

26 avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Bu vaqtda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat foni ushbu kunning me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi va +32…+35 darajani tashkil etadi.

Dam olish kunlari quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari +33…+35, kechalari +14…+17 daraja bo‘lishi kutilmoqda.