Chorshanba kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi Qoraqir massivi hududida qamishzorlarda yong‘in yuzaga keldi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

FVVning 107 nafar xodimidan iborat yong‘in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan yong‘in joyiga yetib borgan. Yong‘in chuqur botqoqlik hududida bo‘lganligi sababli FVV yong‘in-qutqaruv texnikalaridan foydalanishning imkoni bo‘lmadi. Shu sababli yong‘in qo‘lda ishlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilmoqda.

Bugun yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligining maxsus vertolyoti ham jalb qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in 100 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, uning 80 foizini o‘chirishga erishildi. Yaqin soatlar ichida yong‘in to‘liq o‘chiriladi.

Ushbu maydon aholi punktlaridan uzoqda joylashganligi sababli aholiga va ularning mol-mulklariga xavf solmagan, deya q qilayd etdi FVV.