Jamiyat

Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi
29 avgust 2022, 11:49

Qashqadaryoda avtomobil yonib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Qashqadaryoning Qamashi tumanida Lacetti avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan Gentra avtomobili bilan to‘qnashuv natijasida yonib ketdi. Oqibatda Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

DTM: Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
29 avgust 2022, 10:47 3

DTM: Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Davlat test markazi OTMlarga kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilishni boshladi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 7 sentabrdan amalga oshiriladi.

Talabalar uchun to‘lov-shartnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yaratildi
29 avgust 2022, 10:25 52

Talabalar uchun to‘lov-shartnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yaratildi

5 sentabrdan barcha bosqich talabalari kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda to‘lov-shartnomalarni onlayn yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi
29 avgust 2022, 09:53

Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshooti $22,2 mlnga rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati $22,2 mlnga teng shartnoma imzolandi. Loyiha natijasida shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi 84 foizga yetkaziladi.

Farg‘onada IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro yo‘lda vafot etdi
29 avgust 2022, 09:31

Farg‘onada IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro yo‘lda vafot etdi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro vafot etdi. Sudga oid tibbiy ekspertiza uning o‘limiga bir qancha surunkali kasalliklar sabab bo‘lganini qayd etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

TJM Parkwood sotuvlar jarayoni yakunlanishidan oldin so‘nggi 18 foizli chegirmani e’lon qildi
29 avgust 2022, 09:00

TJM Parkwood sotuvlar jarayoni yakunlanishidan oldin so‘nggi 18 foizli chegirmani e’lon qildi

20 sentabrgacha NovaStroy kompaniyasi Parkwood turar-joy majmuasida sotuvlar jarayoni yakunlanishidan oldin loyiha tarixidagi so‘nggi aksiyani e’lon qildi.

«ArMI-2022»: O‘zbekiston 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi
28 avgust 2022, 19:25

«ArMI-2022»: O‘zbekiston 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

«ArMI-2022» VIII Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni Rossiya, uchinchi o‘rinni esa Belarus jamoalari band qildi.

Qashqadaryoning bir qator tibbiy muassasalarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
28 avgust 2022, 17:02

Qashqadaryoning bir qator tibbiy muassasalarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Qashqadaryoda «D.M.» MCHJ rahbari va 10 ta tibbiyot muassasasi mansabdorlari budjet mablag‘lari hisobidan tibbiy uskunalarini bir necha barobar qimmatga xarib qilgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar 3 mlrd so‘mdan ortiq. Sud 11 nafar amaldorni 1 yilga mansabdorlik lavozimlarida ishlashdan mahrum qildi.

Davlat OTMlarida barcha talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi — Oliy ta’lim vazirligi
27 avgust 2022, 23:54 10

Davlat OTMlarida barcha talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi — Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim vazirligi 2022/2023 o‘quv yilida davlat OTMlarida barcha bosqich (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, «superkontrakt» miqdorlari ham o‘zgarishsiz qoladi. Jadval.

O‘zbekiston OTMlariga kirish natijalari e’lon qilindi
27 avgust 2022, 23:48

O‘zbekiston OTMlariga kirish natijalari e’lon qilindi

2022−2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Buni 6 xil usulda bilib olish mumkin.

Prezident yangilangan milliy bog‘ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 17:42

Prezident yangilangan milliy bog‘ga tashrif buyurdi (foto)

1932 yilda tashkil etilgan va besh yil avval ta’mirlash uchun yopilgan O‘zbekiston Milliy bog‘i ochilishga tayyor. Ko‘l yana suvga to‘lgan, istirohat bog‘iga prezident tashrif buyurdi. U bog‘ni Toshkent ramzlaridan biri deb atadi va «qadriyatlarimizni e’zozlash va xotira ham kerak"ligini ta’kidladi. Foto.

Bayram kunlari Toshkent — Samarqand yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi ko‘paytiriladi
27 avgust 2022, 16:24

Bayram kunlari Toshkent — Samarqand yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi ko‘paytiriladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 29 avgustdan 4 sentabrga qadar «Samarqand-Toshkent-Samarqand» yo‘nalishidagi «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi bittaga ko‘payadi.

«OTM va talaba o‘rtasida do‘stona munosabat bo‘lishi kerak» — Bern universiteti doktoranti Zarif Ibragimov bilan suhbat
27 avgust 2022, 16:00

«OTM va talaba o‘rtasida do‘stona munosabat bo‘lishi kerak» — Bern universiteti doktoranti Zarif Ibragimov bilan suhbat

«Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni — xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori, Shveysariyaning Bern universiteti doktoranti Zarif Ibragimov. U «Gazeta.uz» ga O‘zbekiston va xorijdagi ta’limning farqlari, chet eldagi hayot tarzi va duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi.

«Taqiqlar jamiyatga zarar yetkazadi» — Komil Allamjonov
27 avgust 2022, 14:05

«Taqiqlar jamiyatga zarar yetkazadi» — Komil Allamjonov

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonovning ta’kidlashicha, «No Photo, No Video» muammosi O‘zbekiston ijtimoiy hayotidan allaqachon yo‘qotilishi kerak edi. «Ayrim o‘zboshimchalik bilan joriy qilingan taqiqlar jamiyatga zarar keltirishi muqarrar», — dedi u.

Qozog‘istonda «Toshkent — Bishkek» avtobusi YTHga uchradi
27 avgust 2022, 12:07

Qozog‘istonda «Toshkent — Bishkek» avtobusi YTHga uchradi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida «Toshkent — Bishkek» avtobusi yo‘ldan chiqib ketdi. 12 kishi og‘ir yaralangan.

So‘nggi 2 yilda o‘tish balini to‘play olmagan maktab bitiruvchilari salmog‘i pasaygan — XTV
27 avgust 2022, 11:46

So‘nggi 2 yilda o‘tish balini to‘play olmagan maktab bitiruvchilari salmog‘i pasaygan — XTV

XTV va DTM abituriyentlar to‘plagan ballarni avvalgi yillar bilan solishtirib chiqdi. So‘nggi 2 yilda o‘tish balini to‘play olmagan maktab bitiruvchilari salmog‘i pasaygan, deyiladi XTV ma’lumotida. O‘tish balini to‘play olmagan abituriyentlarning har 5 tadan biri (108 ming) maktabni joriy yilda bitirgan.

Nima tayyorlaymiz: Pishloqli pishiriqlar
27 avgust 2022, 09:00

Nima tayyorlaymiz: Pishloqli pishiriqlar

Pishloq va kartoshkali chalpak, pishloq va ko‘katli dangasa pirojkalar, tovada pishirilgan pishloqli xachapuri, turkcha pogacha, pishloq va tvorogli kish, qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar, pishloqli sloyka va boshqalar — Zira.uz mazali pishloqli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

26 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 avgust 2022, 22:00

26 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonning yangi yetakchisi, Nukus voqealari sababini aytgan prezident, hamkasbini pichoqlab, 10 yilga qamalgan Madaniyat vazirligi xodimi, Quyi Chirchiqda xotinini kaltaklab, ertasi kuni o‘ldirib ketgan er, Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun OTMlarga kvota va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

«Eng og‘ir jazoni olishi lozim». Ijtimoiy tarmoq faollari rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirgan er haqida
26 avgust 2022, 20:53

«Eng og‘ir jazoni olishi lozim». Ijtimoiy tarmoq faollari rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirgan er haqida

Quyi Chirchiqdagi 31 yoshli erkak rashk tufayli o‘z xotinini otasining uyida pichoqlab o‘ldirdi. «Gazeta.uz» tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu xabarga bildirgan fikrlarni bir materialga jamladi. Kimdir bu qilmishi uchun unga eng og‘ir jazoni berish kerak desa, kimdir bunga tomoshabin bo‘lganlar ham aybdor demoqda.

AQSh global oziq-ovqat inqiroziga javoban O‘zbekistonga $2 mln ajratadi
26 avgust 2022, 19:37

AQSh global oziq-ovqat inqiroziga javoban O‘zbekistonga $2 mln ajratadi

AQSh O‘zbekistondagi fermer va o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarga yordam ko‘rsatish uchun USAID agentligi orqali 2 mln dollar ajratadi. Yordamning maqsadi global oziq-ovqat inqirozi sharoitida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting