Fanlar akademiyasi axborot xizmati Toshkent Botanika bog‘i yana tashrif buyuruvchilar uchun faoliyatini qayta tiklagani haqida ma’lum qildi.

Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazildi. 22 avgustdan boshlab yashil hududga boshqa tashrif buyuruvchilar kiritilmasligi haqida xabar berilgan edi.

Respublikasi Fanlar akademiyasi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, bog‘ 26 avgustdan odatiy rejimda faoliyat olib boradi.