O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Toshkent viloyati IIB tomonidan O‘rta Chirchiq tumanida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatning oldi olindi, deb xabar berdi departament matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro M.Ch. boshqa bir fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga «Darxon» MFY hududidagi 15 sotix bo‘sh yer maydonini tanishlari orqali 15 ming dollar evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qiladi. O‘tkazilgan tadbirda gumonlanuvchi oldindan 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.