Jamiyat

Janubiy Koreya yil bo‘yi qulupnay yetishtirish texnologiyalarini joriy etishda yordamlashadi
25 avgust 2022, 15:56

Janubiy Koreya yil bo‘yi qulupnay yetishtirish texnologiyalarini joriy etishda yordamlashadi

Janubiy Koreya O‘zbekistonga yil bo‘yi qulupnay yetishtirish texnologiyalarini joriy etish uchun 3,7 mln dollar ajratadi.

O‘zbekiston bolalar uchun odil sudlovni takomillashtirishga harakat qilmoqda
25 avgust 2022, 15:46

O‘zbekiston bolalar uchun odil sudlovni takomillashtirishga harakat qilmoqda

Deputat va senatorlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakillari bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish to‘siqlarini muhokama qildi. Huquqiy mexanizmlarni bolalar uchun moslashtirish va ularga nisbatan qamoq jazosini so‘nggi chora sifatida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi.

Toshkent metrosining «Tinchlik» bekatiga kirish yo‘lagida issiq suv toshib ketdi
25 avgust 2022, 15:17

Toshkent metrosining «Tinchlik» bekatiga kirish yo‘lagida issiq suv toshib ketdi

Toshkentdagi «Tinchlik» metro bekati yaqinidagi issiqlik tarmog‘ida avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda metroga tushish yo‘lagida devordan issiq suv toshib chiqishi kuzatildi. «Toshissiqquvati» matbuot xizmati suv chiqishi to‘xtatilgani va hozirda avariyani bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Kundalik`da yangi to‘lov usullari va tarif rejalari ishga tushirildi
25 avgust 2022, 15:00

Kundalik`da yangi to‘lov usullari va tarif rejalari ishga tushirildi

Yangi o‘quv yilida Kundalik uchun yillik to‘lov narxi tushirildi. Foydalanuvchilar uchun Kundalik va PRO Kundalik tarif rejalari mavjud.

Yandex Go avtomobillar tezligini nazorat qiladi
25 avgust 2022, 14:08

Yandex Go avtomobillar tezligini nazorat qiladi

Yandex Go buyurtmalar vaqtida avtoulov tezligini monitoring qilish xizmatini ishga tushirdi. Unda haydovchi belgilangan tezlikdan oshib ketsa, tizim uning ilovasi orqali bu haqda ogohlantiradi. Bir nechta ogohlantirishlardan so‘ng, haydovchining xizmat ko‘rsatish buyurtmalariga kirishi vaqtincha cheklanadi.

Rossiyalik sayyoh O‘zbekistonda o‘rtacha qancha pul sarflayotgani ma’lum qilindi
25 avgust 2022, 12:28

Rossiyalik sayyoh O‘zbekistonda o‘rtacha qancha pul sarflayotgani ma’lum qilindi

«Russkiy standart» banki tadqiqotida rossiyalik sayyohlar uchun MDH davlatlariga bo‘lgan qiziqish yuqoriligi qayd etildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, rossiyalik sayyoh o‘rtacha hisobda O‘zbekistonda 6,8 ming rubl (1,2 mln so‘m) sarflaydi.

Jizzaxdagi YTH oqibatida piyoda vafot etdi
25 avgust 2022, 11:20

Jizzaxdagi YTH oqibatida piyoda vafot etdi

Jizzax viloyatida Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Surxondaryoda o‘zganing 17 sotix yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
25 avgust 2022, 10:16

Surxondaryoda o‘zganing 17 sotix yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan 17 sotix yer maydonini 8 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi xaridordan 100 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Germaniya O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga sarmoya kiritadi
25 avgust 2022, 09:53

Germaniya O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga sarmoya kiritadi

O‘zbekiston️ va Germaniya o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Unga muvofiq, ️Germaniya taraqqiyot banki soha rivoji uchun O‘zbekistonga qariyb 62 mln yevro investitsiya kiritadi.

Toshkentda yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagan Matiz haydovchisi YTH sodir etdi
24 avgust 2022, 23:19

Toshkentda yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagan Matiz haydovchisi YTH sodir etdi

Toshkent halqa yo‘lida 5-yo‘nalishda qatnovchi SAZ LE60 avtobusi, Damas va Matiz to‘qnashdi. Avtobusning ikki yo‘lovchisi, Damas yo‘lovchisi va Matiz haydovchisi jarohatlandi. YTHga Matiz yo‘lovchi olish uchun keskin to‘xtagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

«Endi hech kim o‘z mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi». Prezident mulk huquqi bo‘yicha yangi farmonni qabul qildi
24 avgust 2022, 22:34

«Endi hech kim o‘z mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi». Prezident mulk huquqi bo‘yicha yangi farmonni qabul qildi

Prezident farmoni bilan endilikda mulk huquqi faqatgina sud qarori bilan bekor qilinadi, yuridik shaxsning tugatilishi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilmaydi, turar joy mulkdorlari qarindosh bo‘lmagan shaxslarning doimiy propiskasini bekor qilishi mumkin. Adliya vazirligi hujjat mohiyatini tushuntirdi.

KRuz.uz internet-nashri yopilishi haqida xabar berdi
24 avgust 2022, 20:20

KRuz.uz internet-nashri yopilishi haqida xabar berdi

Qoraqalpog‘istondagi ilk xususiy OAVlardan biri bo‘lgan KRuz.uz olti yillik faoliyatdan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatishi haqida ma’lum qildi. Uning asoschisi Furqat Yusupov 2018 yilda cho‘kib ketayotgan ikki qizni qutqarmoqchi bo‘lganida vafot etgan edi.

Toshkent viloyatida daryolar to‘qimachilik korxonalari chiqindilari bilan bo‘yalmoqda
24 avgust 2022, 20:04

Toshkent viloyatida daryolar to‘qimachilik korxonalari chiqindilari bilan bo‘yalmoqda

Ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyatidagi suv havzalari ikki marta bo‘yalganini ma’lum qildi. Tozalash inshootlari eskirgani tufayli suvni to‘liq tozalay olmayapti, ifloslanishga esa to‘qimachilik korxonalari sababchi bo‘lishi mumkin. Biznes ombudsmanga ular faoliyatini tekshirish bo‘yicha ariza topshirilgan.

Buzib tashlangan «Kunjutlitepa» yodgorligi qanday ko‘rinishda bo‘lgan?
24 avgust 2022, 18:15

Buzib tashlangan «Kunjutlitepa» yodgorligi qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

Turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi «Gazeta.uz»ga V-VII asrlarga oid yodgorlik buzib tashlangani aks etgan suratlarni taqdim etdi. Qashqadaryodagi «Kunjutlitepa» yodgorligi va uning qanday ko‘rinishda bo‘lgani haqida qisqacha ma’lumot.

Chegarada yaralangan Afg‘oniston fuqarolarining ahvoli yaxshi deb baholanmoqda
24 avgust 2022, 17:08

Chegarada yaralangan Afg‘oniston fuqarolarining ahvoli yaxshi deb baholanmoqda

«Gazeta.uz» muxbiri Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar orolida sodir bo‘lgan voqeada yaralangan 6 nafar afg‘onistonlik davolanayotgan Termiz shahridagi shoshilinch tibbiy yordam markazining filialiga bordi. Jabrlanuvchilardan biri oyog‘idan yaralangani, qolganlari esa yengil tan jarohatlari olgani ma’lum bo‘ldi.

Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i bo‘ldi
24 avgust 2022, 17:00

Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i bo‘ldi

Hisob palatasi raisining sobiq o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi o‘tish balini to‘play olmadi
24 avgust 2022, 16:36

Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi o‘tish balini to‘play olmadi

2022 yilda 1 mln 74 mingga yaqin abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Eng yomon ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (55,9%) qayd etildi.

Toshkentda yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasi o‘g‘rilab ketildi
24 avgust 2022, 14:28

Toshkentda yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasi o‘g‘rilab ketildi

Toshkentda fuqaro yangi qurilgan uylardan 118 dona o‘t o‘chirish moslamasini o‘g‘rilab ketganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandlik havaskor ixtirochilar tomonidan elektromobil yaratildi
24 avgust 2022, 13:01

Samarqandlik havaskor ixtirochilar tomonidan elektromobil yaratildi

Samarqanddagi KOICA markazining o‘quvchilari tomonidan yaratilgan elektromobil sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozirda ulovni to‘liq quvvatlash uchun 6−7 soat talab etiladi. Kelgusida unga o‘zini o‘zi quvvatlovchi quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

«Noxolis tanqidlarga uchrayapmiz». Jahongir Ortiqxo‘jayev — qilinayotgan ishlar jamoatchilikka to‘liq yetkazib berilmayotgani haqida
24 avgust 2022, 12:07

«Noxolis tanqidlarga uchrayapmiz». Jahongir Ortiqxo‘jayev — qilinayotgan ishlar jamoatchilikka to‘liq yetkazib berilmayotgani haqida

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qilayotgan xayrli ishlarini jamoatchilikka o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib bera olmayotgani uchun turli e’tiroz va ba’zan noxolis tanqidlarga uchrayotganini aytdi. Aholi xabardorligini oshirish uchun Jamoatchilik kengashi qayta tuzildi, unga jurnalist va blogerlar taklif etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting