Jamiyat

O‘zbekiston Pfizer vaksinasining yana 143 mingga yaqin dozasini qabul qildi
28 noyabr 2022, 16:20

O‘zbekiston Pfizer vaksinasining yana 143 mingga yaqin dozasini qabul qildi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining qariyb 143 ming dozasi keltirildi. Dekabr oyida yana 3 mln doza vaksina kelishi kutilmoqda.

«Bu mustaqillik deklaratsiyasi ham emasdi». Amerikalik tarixchi Adib Xolid bilan Turkiston muxtoriyati haqida suhbat
28 noyabr 2022, 15:40

«Bu mustaqillik deklaratsiyasi ham emasdi». Amerikalik tarixchi Adib Xolid bilan Turkiston muxtoriyati haqida suhbat

Bundan 105 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Ammo oradan hech qancha o‘tmay hammasi tugatiladi — harakat qonga botiriladi. «Gazeta.uz» sana munosabati bilan amerikalik tarixchi olim Adib Xolidga yuborgan savollariga qisqa, lo‘nda javoblar oldi.

Toshkentda xorijlik fuqarolar uchun «O‘zbek maktabi» ochildi
28 noyabr 2022, 15:21

Toshkentda xorijlik fuqarolar uchun «O‘zbek maktabi» ochildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijlik fuqarolar uchun «O‘zbek maktabi» ochildi. Tayyorlov kurslarida o‘zbek tili o‘rganuvchilar xohishiga ko‘ra kichik, o‘rta guruhlarda yoki individual tarzda o‘rgatiladi.

Navoiy kon metallurgiya kombinatida mashinist halok bo‘ldi
28 noyabr 2022, 14:49

Navoiy kon metallurgiya kombinatida mashinist halok bo‘ldi

Navoiy kon metallurgiya kombinatida portlatish ishlari davomida ekskavator kabinasida bo‘lgan mashinist halok bo‘ldi. Uning yordamchisi 1 va 2-darajali kuyish jarohatini oldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi va sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Qashqadaryoda 11 ta arxeologik obyektga 6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi
28 noyabr 2022, 14:15

Qashqadaryoda 11 ta arxeologik obyektga 6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi

Qashqadaryoda 11 ta arxeologiya merosi obyektiga 6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qolaversa, V-VIII asrlarga oid obyektlarga 1 mlrd 488 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Holatlar bo‘yicha 37 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

O‘zbekistonda qish o‘z vaqtida boshlanadi — O‘zgidromet
28 noyabr 2022, 13:01

O‘zbekistonda qish o‘z vaqtida boshlanadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda kuzning oxirgi kunlari ob-havo salqin va yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik dushanbadan boshlanadi. 29−30 noyabr kunlari hududlarda yomg‘ir kuchayib, qishning dastlabki kunlarida qorga aylanadi. Hafta oxiriga kelib havo harorati kechasi -5 darajagacha, kunduzi +5 darajagacha pasayadi.

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
28 noyabr 2022, 12:56

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

28 noyabr kuni Yakkasaroy, Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Qashqadaryoda Nexia kanalga ag‘darildi
28 noyabr 2022, 12:00

Qashqadaryoda Nexia kanalga ag‘darildi

Kasbi tumanida Nexia yo‘l chetidagi kanalga ag‘darildi. Tuman FVB xodimlari mashinani maxsus texnika yordamida kanaldan olib chiqdi.

Nukus voqealari bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi
28 noyabr 2022, 11:41

Nukus voqealari bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi

Oliy sud Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar, jumladan Dauletmurat Tajimuratov, Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov va boshqalarga qo‘yilgan ayblovlarni e’lon qildi. Ular orasida Qoraqalpog‘iston IIV bo‘lim boshlig‘i, universitet o‘qituvchisi hamda Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori ham bor.

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan mashinalar yonib ketdi
28 noyabr 2022, 11:08

Xorazmda er-xotinga tegishli bo‘lgan mashinalar yonib ketdi

Xorazm viloyati Urganch shahrida er-xotinga tegishli bo‘lgan Malibu va Hongqi T55 mashinalari yonib ketdi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi
28 noyabr 2022, 10:17

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi

Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi
28 noyabr 2022, 10:06

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).

Foto: Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud boshlanish arafasida
28 noyabr 2022, 09:43

Foto: Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud boshlanish arafasida

Yaqin fursatlarda Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishi nisbatan sud muhokamalari boshlanadi. Tomonlar birin-ketin sud zaliga kirib kelmoqda, OAV vakillari uchun esa maxsus matbuot markazi tashkil etilgan. Hozircha ayblanuvchilarning advokatlari va prokuratura xodimlari yetib kelishdi.

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi
28 noyabr 2022, 09:22

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi

Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi
28 noyabr 2022, 07:42

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi

Xitoyda sodir bo‘lgan 5,2 ballik zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi. Farg‘ona vodiysida uning kuchi 3 balni tashkil etdi.

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 22 kishi ayblanmoqda
27 noyabr 2022, 17:26

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 22 kishi ayblanmoqda

1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ochiq sud dushanba kuni Buxoroda boshlanadi. 22 kishi, shu jumladan, D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanovlar ayblanuvchi hisoblanadi. Ayblov 11 ta modda — bezorilikdan tortib, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish doirasida e’lon qilindi.

“Asosiysi, yurak O‘zbekistonda bo‘lsin”. YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari Kamola Mahmudova bilan suhbat
27 noyabr 2022, 15:00

“Asosiysi, yurak O‘zbekistonda bo‘lsin”. YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari Kamola Mahmudova bilan suhbat

Toshkentlik vatandoshimiz Kamola Mahmudova 25 yildirki O‘zbekistonda yashamaydi, ammo bu uning saratonga chalingan bolalarga yordam berishi va Buxoroda daraxt ekishiga to‘sqinlik qilmaydi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida ona yurtiga bo‘lgan muhabbati haqida so‘zlab berdi.

Sudyalar assotsiatsiyasi raisi qayta saylandi
27 noyabr 2022, 13:05

Sudyalar assotsiatsiyasi raisi qayta saylandi

O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining raisi etib Ubaydulla Mingboyev qayta saylandi.

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi
27 noyabr 2022, 12:33

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha 2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi
27 noyabr 2022, 12:08

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Tarmoqlarda Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat IIB ayolning qizi 4 nafar shaxsga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib bergani va 2 nafar voyaga yetmagan qizni tutqunlikda saqlab, fohishalikka majburlab kelgani uchun ushlanganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting