Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani aytilgan xabar yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 26 noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi M.M. (ayol) Oltiariq tumani «Bozorboshi» MFY «Yashil xiyobon» nomli istirohat bog‘ida tanishlari D.B., O.R. hamda U.R.lar bilan janjallashgan. So‘ngra oshxona pichog‘i bilan urib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «m» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.