Qashqadaryoning Kasbi tumanida kanalga tushib ketgan Nexia avtomobili olib chiqildi deya xabar qilmoqda viloyat FVB axborot xizmati.

26 noyabr kuni tongi soat taxminan 03:30 larda qutqaruv xizmatiga Kasbi tumani Nazartepa mahallasidagi kanalga yengil avtomobil tushib ketgani to‘g‘risidagi xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga tuman FVB va IIB mas’ullari yetib borishib, holatni o‘rganishdi. Ro‘y bergan vaziyat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum bo‘lgach, hamkorlikda kanaldagi Nexia rusumli transport vositasi maxsus texnika yordamida olib chiqildi.


Ma’lum bo‘lishicha, mazkur transport vositasi Nishon tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A ga tegishli (mast holda) bo‘lgan.