O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar soni ketma-ket uchinchi kun oshib, 27 iyun kuni 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) virus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eng ko‘p virusga chalinganlar Toshkent shahrida (81 kishi) qayd etildi. Samarqandda — 15 nafar, Toshkent viloyatida — 14 kishi, Namanganda esa 12 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi.

Hozirga kelib rasman 245 966 nafar fuqaroning koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 12 noyabrdan beri kovidga chalinganlar soni kun sayin ortib bormoqda.