Toshkentning Yakkasaroy, Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati xabar qildi.

2022 yil 28 noyabr kuni ToshIEM hududidagi Du-300 mmli issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Yakkasaroy tumanida Bobur, Shota Rustavelli, Shoh Jahon, Muqumiy, Rakat, O‘rikzor, Askiya, Hazina bog‘, Chopon ota ko‘chalari;
  • Shayxontohur tumanida Oqtepa mavzesi, Oqtepa mikrohudud va Nurafshon, Gulxaniy, Yesenina ko‘chalari;
  • Chilonzor tumanida Muqumiy, Choponota ko‘chalari va 1, 2, 3, 4, 5, I, Ye mavzelari.

Ushbu manzillarda issiqlik ta’minoti 28 noyabr kuni taxminan 22:00 da tiklanadi.

Shu kuni Du-500 mmli issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzilda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Yunusobod 13, 14 va 17 mavzelari.

Bu mavzuda esa issiq suv va issiqlik ta’minoti 28 noyabr kuni taxminan 19:00 da tiklanadi.