«O‘zgidromet» markazining xabar berishicha, 28 noyabr, dushanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qolgan hududlarda esa tuman tushishi ehtimoli mavjud. Havo harorati kunduzi +12…+ 17 darajani, shimolda 0…+5 darajani tashkil etadi. Ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

Seshanba va chorshanba kunlari shimoldan tashqari O‘zbekiston bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 29 noyabrda ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi +5…+10 darajani tashkil etadi.

Shuningdek, 1 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa +2…+7 darajadan oshmaydi.

2 dekabrda mamlakat hududida kam bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 0…-5 daraja sovuq, kunduzi 0…+5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

29 noyabr — 1 dekabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.