Jamiyat

O‘zbekistonda kunlik kovid statistikasi sezilarli pasaydi
13 dekabr 2022, 10:21

O‘zbekistonda kunlik kovid statistikasi sezilarli pasaydi

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 12 dekabr kuni koronavirusga chalinganlar soni 58 nafarni (bir kun oldin 122 kishi) tashkil etib, pandemiya boshlangandan buyon virusga chalinganlar soni 247 987 nafarga yetdi.

Qashqadaryoda 13 yoshli bola is gazidan vafot etdi
13 dekabr 2022, 10:04

Qashqadaryoda 13 yoshli bola is gazidan vafot etdi

Qarshi shahrida 13 yoshli bola uyidagi gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ukalari esa zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizildi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada uyda gaz portlashi oqibatida fuqaro vafot etdi
13 dekabr 2022, 09:39

Farg‘onada uyda gaz portlashi oqibatida fuqaro vafot etdi

Qo‘qon shahrida uyidagi gazni tekshirib ko‘rish uchun gugurt chaqqan fuqaro gaz portlashi oqibatida vafot etdi. Yonida bo‘lgan ukasi esa kuyish jarohati bilan shahar tibbiyot markaziga joylashtirildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Angrenda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi
13 dekabr 2022, 08:08

Angrenda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi

Angrenda, «Toshkent-O‘sh» yo‘lida Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi natijasida 5 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.

«Senatda ham „svet“ o‘chyapti, binolar sovuq» — senatorlar
13 dekabr 2022, 07:57

«Senatda ham „svet“ o‘chyapti, binolar sovuq» — senatorlar

Senatorlar Toshkent markazidagi Senat binosida ham elektr ta’minoti uzilib, sovuqligini ma’lum qildi. Bahodir Tojiyev xonasida paltosini yechmasligini aytgan bo‘lsa, Farhod Boqiyev rivojlangan davlatlar ham energetika inqirozini boshidan kechirayotganini eslatdi.

Ilmiy ish qanday yozilishi yoki bo‘lishi kerak? Uning natijasi-chi?
13 dekabr 2022, 00:01

Ilmiy ish qanday yozilishi yoki bo‘lishi kerak? Uning natijasi-chi?

O‘zbekistonda yozilayotgan ilmiy ishlar qanchalik sifatli? O‘zbek ilm-fani uchun nechog‘lik yangilik bo‘lmoqda? Yildan yilga tadqiqotchi, izlanuvchilar soni oshyaptiyu, nega natijasi bilinmaydi? “Gazeta.uz” mutaxassislardan muammo nimada ekanligi va ilmiy ish aslida qanday yozilishi haqida so‘radi.

12 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 dekabr 2022, 22:09

12 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1100 so‘mga arzonlashadigan Ai-80 benzini, davlat tashkilotlariga budjetdan Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlangani, Mirziyoyevning OTP Bank boshqaruv raisi bilan uchrashuvi, «Ilxom» teatrida yong‘in, Bosh prokuraturani ochiqlikka chaqirgan Nukus voqealari komissiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Ai-80 benzini narxi 1100 so‘mga arzonlashadi
12 dekabr 2022, 19:52 1

Ai-80 benzini narxi 1100 so‘mga arzonlashadi

13 dekabr, soat 00:00 dan boshlab, «O‘zbekneftgaz»ga qarashli UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 5700 so‘mgacha tushadi. Bu Ai-80 benzinini olib kirish va sotishga bo‘lgan aksiz solig‘ining bekor qilinishi bilan bog‘liq.

Ikkita holatda qariyb 130 mln so‘mlik pirotexnika vositalarining muomalasi oldi olindi
12 dekabr 2022, 18:25

Ikkita holatda qariyb 130 mln so‘mlik pirotexnika vositalarining muomalasi oldi olindi

Toshkent viloyati Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, BP huzuridagi departamentning Mirzo-Ulug‘bek tuman bo‘limi, IIBB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda ikki holatda jami 126,5 mln so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi. Hozirda holatlar bo‘yicha surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryoda tuman hokimi yordamchisiga jinoyat ishi ochildi
12 dekabr 2022, 18:02

Sirdaryoda tuman hokimi yordamchisiga jinoyat ishi ochildi

Boyovut tumanida hokimi yordamchisi o‘zi ta’sischilik qilgan 3 ta tadbirkorlik subyektidan biriga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘tkazgan va ular maqsadsiz yo‘naltirilgan. Hozirda unga va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Davlat tashkilotlariga budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga Yangi yil korporativini o‘tkazish taqiqlandi
12 dekabr 2022, 16:40

Davlat tashkilotlariga budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga Yangi yil korporativini o‘tkazish taqiqlandi

Bosh vazir Abdulla Aripov barcha turdagi davlat tashkilotlari va hokimliklarga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ yig‘ilishlarni tashkil etish, bayram dasturxonini yozish hamda mushakbozlik uyushtirishni taqiqladi.

Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 mln so‘mgacha ustama beriladi
12 dekabr 2022, 15:41

Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 mln so‘mgacha ustama beriladi

Xalqaro reytinglarning 500 talik ro‘yxatiga kirgan OTMni tugatgan kadrlarga 12 mln so‘mgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln so‘mgacha ustama beriladi. Ustamalar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, yosh mutaxassis va uning ish beruvchisi o‘rtasidagi shartnoma asosida har oy to‘lanadi.

Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
12 dekabr 2022, 15:22

Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 18−20−23−25−27−30 dekabr va 3−6−8−10−13−15 yanvar kunlari Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 12 ta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Surxondaryoda elektr qarmoq bilan noqonuniy baliq ovlaganlar ushlandi
12 dekabr 2022, 14:24

Surxondaryoda elektr qarmoq bilan noqonuniy baliq ovlaganlar ushlandi

Termiz tumanida ikki fuqaro Uchqizil kanalidan taqiqlangan ov quroli — elektr qarmoq bilan baliq tutgani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 45 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqiladi.

Toshkentdagi «Ilhom» teatrida yong‘in sodir bo‘ldi
12 dekabr 2022, 14:11

Toshkentdagi «Ilhom» teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanba kuni erta tongda Shayxontohur tumanidagi «Ilhom» teatrining 1-qavatidagi ko‘rgazmalar zalida yong‘in chiqdi. Spektakllar kamida ikki haftaga qoldirildi.

Andijonda tadbirkor 2 mingta xonadon bir oy ishlatadigan tabiiy gazni noqonuniy sarfladi
12 dekabr 2022, 13:01

Andijonda tadbirkor 2 mingta xonadon bir oy ishlatadigan tabiiy gazni noqonuniy sarfladi

Andijonda tadbirkor tegishli hujjatlarsiz aholi uchun tortilgan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, yashirin ohak sexi ochgan. Bu vaqtda u 1 mln 642 ming kub tabiiy gazni noqonuniy sarflangan, bu 2 mingta xonadonning bir oylik gaziga teng.

Nukus voqealari bo‘yicha komissiya Bosh prokuraturani ochiqlikka chaqirdi
12 dekabr 2022, 11:40

Nukus voqealari bo‘yicha komissiya Bosh prokuraturani ochiqlikka chaqirdi

Nukus voqealari bo‘yicha komissiya Bosh prokuraturani jamoatchilik qiziqayotgan ma’lumotlarni ochiqlashga chaqirdi. Gap aynan huquq-tartibot organlari ortiqcha kuchlarni ishlatgani, inson huquqlari buzilgani, qolaversa, necha kishi hibsda qolayotgani va qanchasi ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida ketmoqda.

Hafta davomida havo harorati biroz iliq bo‘lishi kutilmoqda
12 dekabr 2022, 11:37

Hafta davomida havo harorati biroz iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta yakunigacha havo asta-sekin iliydi. Harorat kechasi 0 daraja, kunduzi +7…+10, ba’zi joylarda +14 darajagacha isiydi. Respublika bo‘ylab ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Jizzax elektr tarmoqlari masjidlardan 58,2 mln so‘m ortiqcha mablag‘ undirgani aniqlandi
12 dekabr 2022, 11:18

Jizzax elektr tarmoqlari masjidlardan 58,2 mln so‘m ortiqcha mablag‘ undirgani aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzaxda masjidlardan elektr energiya uchun ortiqcha mablag‘ undirilganini aniqladi. «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» 2019−2021 yillar mobaynida 58 million 289 ming so‘m noto‘g‘ri hisoblagan.

Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi
12 dekabr 2022, 11:15

Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Qarshi tumanida 77 yoshli fuqaro kelini va nabirasi bilan yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting