Jamiyat

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi sifatida ish boshlaydi
24 fevral 2023, 12:32

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi sifatida ish boshlaydi

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritadi. Vazirlik rahbariyati olimlar bilan uchrashdi. Ular dastlab hududlardagi holatni o‘rganadi. So‘ng ilmiy yondashuv asosida kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi.

2022 yilda O‘zbekistonda yo‘lovchilarning 97,5 foizi avtomobildan foydalandi — PMTI
24 fevral 2023, 12:28

2022 yilda O‘zbekistonda yo‘lovchilarning 97,5 foizi avtomobildan foydalandi — PMTI

2017−2022 yillarda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi. 2022 yilda transportda 6,1 mlrd kishi tashildi. Bunda avtomobillar ulushi yuqori bo‘ldi. Endilikda jamoat transporti qamrovini 95% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shanba kuni aksariyat hududlarda qor yog‘adi
24 fevral 2023, 12:04

Shanba kuni aksariyat hududlarda qor yog‘adi

25 fevral kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbaga borib quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu kunlarda tog‘li joylarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Qoraqalpog‘istonda liftda qamalib qolgan ayol va uning 1 yoshli bolasi qutqarildi
24 fevral 2023, 11:57

Qoraqalpog‘istonda liftda qamalib qolgan ayol va uning 1 yoshli bolasi qutqarildi

Nukus shahrida ko‘p qavatli uyning liftida qamalib qolgan 1997 yil tug‘ilgan ayol va uning 1 yoshli bolasi qutqarildi.

Samarqandda fuqarolarni AQShga 40 ming dollar evaziga jo‘natishda gumonlangan shaxs ushlandi
24 fevral 2023, 11:35

Samarqandda fuqarolarni AQShga 40 ming dollar evaziga jo‘natishda gumonlangan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish uchun 40 ming AQSh dollari talab qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 10 ming AQSh dollarni fuqarodan olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida Cobalt kanalga tushib ketdi
24 fevral 2023, 09:29

Toshkent viloyatida Cobalt kanalga tushib ketdi

Bekobod tumanidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanaliga Cobalt avtomashinasi tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Mashina FVBning bir guruh qutqaruvchilari yordamida chiqarib olindi.

Toshkent aeroportida kutib olish hududini qurish boshlandi
24 fevral 2023, 09:25

Toshkent aeroportida kutib olish hududini qurish boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi. Ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rniga quriladi va u mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 fevral 2023, 22:00

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezilgan zilzila, yana havo sovishi, homilador ayolini o‘ldirgan toshkentlik erkak, Farg‘ona hayvonot bog‘ida nobud bo‘lgan jirafa, O‘zbekistonning qo‘llovi juda muhimligini aytgan Ukraina elchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

San’atkor
23 fevral 2023, 18:59

San’atkor

«Xizmatchisi savodsizlik maktabida o‘qiyotgan biri kishini traktorist „savodsiz!“ desa alam qilmaydimi? — dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, — „labingdan bo‘lsa olsam-ye, shakar lab“, deganim u kishiga yoqmapti, „bo‘lsa“ emas, „bo‘sa“ emish! O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman!»

Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 fevral 2023, 18:19

Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shahrisabzda hokim yordamchisi o‘zi ta’sischiligidagi MCHJga 162 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan JKning 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangan viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
23 fevral 2023, 17:45

Namangan viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Shuxrat Aliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda yana sezildi
23 fevral 2023, 16:45

Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda yana sezildi

Farg‘ona va Andijon viloyatlarida Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi sezildi (2 ball). Payshanba tongida ham O‘zbekistonning 10 dan ortiq hududida yer silkinishlari qayd etilgandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tayanch devorlar o‘zgartirilgani aniqlandi
23 fevral 2023, 15:53

Toshkentda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tayanch devorlar o‘zgartirilgani aniqlandi

Shayxontohur tumani Labzak dahasida fuqaro ko‘p qavatli uy yerto‘lasining tayanch devorlari va kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvini o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi. Unga bayonnoma tuzilib, 15 kun muddatda binoni o‘z holiga keltirish topshirildi.

Toshkentda toksikologiya markazi tashkil etilishi mumkin
23 fevral 2023, 15:29

Toshkentda toksikologiya markazi tashkil etilishi mumkin

SSV va JSST hamkorligida o‘tkazilgan seminarda Toshkentda toksikologiya markazi tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Qo‘llanayotgan kimyoviy moddalar hajmining ortishi, ularning internetdagi savdosi va bular haqda yetarli bilimga ega emaslik tizim uchun qo‘shimcha xavf ekani ta’kidlandi.

O‘zbekistonda 117 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi hududlarga tarqatildi
23 fevral 2023, 15:04

O‘zbekistonda 117 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi hududlarga tarqatildi

Jizzakh Auto tomonidan 117 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» avtomashinasi hududlarga taqdim etildi. Hozirda ularning umumiy soni 337 taga yetdi. Respublika bo‘yicha yana 640 ta mashina xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Yunusoboddagi ko‘chaga Usmon Nosir nomi berildi
23 fevral 2023, 14:42

Yunusoboddagi ko‘chaga Usmon Nosir nomi berildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Yunusobod tumani «Buyuk Turon» mahallasidagi (Oloy bozori orqasidagi) ko‘chalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi.

O‘zbekiston olimlari o‘tmishda bir qancha zilzilalarni aniq bashorat qilishgan. Nega hammasini bashorat qilib bo‘lmaydi?
23 fevral 2023, 13:43

O‘zbekiston olimlari o‘tmishda bir qancha zilzilalarni aniq bashorat qilishgan. Nega hammasini bashorat qilib bo‘lmaydi?

Turkiyadagi zilzilalardan so‘ng O‘zbekiston aholisini mamlakatda ham xuddi shunday zilzilalar bo‘lish ehtimoli qiziqtirmoqda. Seysmologiya instituti olimlari o‘tmishda bir necha zilzilalarni bashorat qilishgan. Nima uchun barcha zilzilalarni bashorat qilib bo‘lmaydi? «Gazeta.uz» olimlar bilan shu haqda suhbatlashdi.

Toshkentda erkak egizak farzand kutayotgan homilador ayolini o‘ldirdi
23 fevral 2023, 12:48

Toshkentda erkak egizak farzand kutayotgan homilador ayolini o‘ldirdi

Chilonzor tumanida 33 yoshli erkak o‘zaro janjal sabab ayolini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Natijada ayol qornidagi egizak bolalar ham vafot etdi. Sud ayblanuvchiga 18 yil qamoq jazosini tayinladi.

Toshkent viloyatida 3 ayol bola o‘g‘irlayotgani rad etildi
23 fevral 2023, 12:34

Toshkent viloyatida 3 ayol bola o‘g‘irlayotgani rad etildi

Ohangaron shahrida 3 nafar ayol bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani rad etildi. Toshkent viloyati IIBB ayollar dori sotib yurgani va mahalliy aholi ulardan shubha qilganini bildirdi.

O‘zbekistonda havo yana soviydi
23 fevral 2023, 11:57

O‘zbekistonda havo yana soviydi

25−26 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Harorat kechasi 0…−5 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting