23 fevral kuni soat 17:00 da Toshkent viloyati Bekobod tumanidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanaliga Cobalt mashinasi tushib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Bekobod shahar FVBning bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqqan.

Hodisa natijasida vafot etgan va tan jarohati olganlar bo‘lmagan.