Nukus shahrida ayol va uning bolasi liftda qamalib qoldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayt etilishicha, 23 yanvar kuni soat 19:30 larda Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining «1050» qisqa raqamiga bu haqda ma’lumot kelib tushgan. Ya’ni Nukus shahri 28 mikrorayondagi ko‘p qavatli uylarning birida 1997 yil tug‘ilgan ayol va 2022 yil tug‘ilgan farzandi bilan qamalib qolgani aniqlandi.

Shundan so‘ng boshqarmaning izlash-qutqarish otryadi xodimlari ularga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Qoraqalpog‘iston FVB OAV va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish guruhi boshlig‘i Aybek Abdiraxmanovning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ona va bola liftda yarim soat qolib ketgan.