Samarqandda fuqarolarni noqonuniy ravishda Meksika orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati ishki ishlar boshqarmasiga Samarqand shahrida yashovchi shaxs noqonuniy yo‘li orqali AQSh davlatiga jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanayotgani murojaat qilgan. U dastlab Yevropa orqali Meksikaga, shundan so‘ng AQSh davlatiga olib o‘tishni va’da qilgan va har bir shaxs uchun 40 ming AQSh dollari so‘ragan. Shundan so‘ng rasmiylashtirish uchun 10 ming AQSh dollar talab qilgan.

Shu sabab murojaat qilgan fuqaro unga qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan. Mazkur arizaga nisbatan 2023 yil 20 fevral kuni Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan va fuqaro arizachidan 10 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.