Jamiyat

Foto: Toshkentda 13 ming o‘rinli jome masjidi ochildi
23 mart 2023, 11:21

Foto: Toshkentda 13 ming o‘rinli jome masjidi ochildi

Toshkentning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi. 2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjid xonaqohda 8 ming, hovli va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming kishini sig‘dira oladi.

Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilindi
23 mart 2023, 10:17

Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilindi

U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, chempionatning «Eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga viloyat ahli nomidan Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi.

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
23 mart 2023, 09:15

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Kuchsiz zilzila (2−3 balli) Toshkent va O‘zbekistonning yana 4 ta hududida sezildi. Tojikistondagi tungi zilziladan keyin yana beshta aftershok qayd etildi.

O‘zbekistonda yana yer qimirlashi sezildi
23 mart 2023, 01:32

O‘zbekistonda yana yer qimirlashi sezildi

Payshanba kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 11 ta hududida sezilib, 4−5 ballni tashkil etdi. Oradan yarim soat o‘tib, aftershok qayd etildi, ammo ikkinchi to‘lqin O‘zbekiston bo‘ylab sezilmadi.

Toshkentda taroveh namozlari sabab ayrim ko‘chalar yopiladi
22 mart 2023, 16:48

Toshkentda taroveh namozlari sabab ayrim ko‘chalar yopiladi

Ramazon oyi davomida Toshkentdagi taroveh namozi o‘qiladigan masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati soat 19:00 dan 24:00 ga qadar cheklanadi.

«Rus va O‘zbekiston hamisha birga bo‘lgan va bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev
22 mart 2023, 13:48

«Rus va O‘zbekiston hamisha birga bo‘lgan va bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami tantanasida Rossiya madaniyat markazi ko‘rgazmasi bilan tanishar ekan «Rus va O‘zbekiston — ular azaldan birga bo‘lgan va abadiy birga bo‘ladi», dedi. Shuningdek, u Ukraina va boshqa madaniyat markazlarining ko‘rgazmalariga tashrif buyurdi.

FVV xodimlari Parkentdagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan 47 nafar fuqaroni olib tushdi
22 mart 2023, 11:07

FVV xodimlari Parkentdagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan 47 nafar fuqaroni olib tushdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz joyga olib tushdi.

Shavkat Mirziyoyev Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini taqdirladi
22 mart 2023, 10:35

Shavkat Mirziyoyev Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini taqdirladi

O‘zbekiston prezidenti mahalla hayotida faol bo‘lgan tizimning bir guruh vakillarini turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi.

O‘zbekistondagi Android-qurilmalar egalariga birinchi marta zilzila haqida ogohlantirish keldi
22 mart 2023, 10:00

O‘zbekistondagi Android-qurilmalar egalariga birinchi marta zilzila haqida ogohlantirish keldi

Seshanba kuni sezilgan zilzilaga qadar O‘zbekistondagi Android-qurilmalarning ko‘plab egalariga yerosti silkinishlari ehtimoli borligi haqida ogohlantirish keldi. Google ushbu tizimni 2020 yil yozida ishga tushirgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib O‘zbekiston uchun ham ishlay boshlagan. U qanday ishlaydi?

Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi
21 mart 2023, 22:45

Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 23 martdan boshlanishini ma’lum qildi. O‘zbekiston prezidenti «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.

Toshkentda kuchli zilzila sezildi
21 mart 2023, 22:16

Toshkentda kuchli zilzila sezildi

Seshanba kuni kechqurun Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuchli zilzila sezildi. Yer silkinishlari gorizontal xarakterga ega bo‘lib, birmuncha davom etdi. Zilzila epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan. Zilzila epitsentrida 6,6 ballni tashkil qilgan.

Taqiq, Lenin maydonidagi karnaval va prezidentga «kelin salom»: O‘zbekistonda dastlabki Navro‘z bayramlari qanday o‘tgan?
21 mart 2023, 15:07

Taqiq, Lenin maydonidagi karnaval va prezidentga «kelin salom»: O‘zbekistonda dastlabki Navro‘z bayramlari qanday o‘tgan?

Navro‘z — O‘zbekistonning umumxalq bayramlaridan. Ammo har doim ham bunday bo‘lmagan, bir davrda uni taqiqlamoqchi ham bo‘lishgan. «Gazeta.uz» asosiy Navro‘z tantanalari tashkilotchilari bilan milliy shodiyona taqiqlarni qanday yenggani va davlat darajasidagi ilk bayramlar qanday o‘tgani haqida suhbatlashdi.

Jizzaxlik vaynerlar YPX xodimlari haqidagi hajviy videolari uchun noqonuniy qamalgan deb topildi
20 mart 2023, 21:33

Jizzaxlik vaynerlar YPX xodimlari haqidagi hajviy videolari uchun noqonuniy qamalgan deb topildi

Jizzaxda ikki nafar vaynerning YPX xodimlari haqida hazil videolari uchun 15 va 10 sutkaga qamalishi noqonuniy deb topildi. Apellyatsiya instansiyasida ular sud zalidan ozod qilindi.

Jizzaxda ikki nafar prokuratura xodimi YTHda halok bo‘ldi
20 mart 2023, 14:48

Jizzaxda ikki nafar prokuratura xodimi YTHda halok bo‘ldi

Zominda prokuror yordamchisi boshqaruvidagi Lacetti avtomobilining daraxtga borib urilishi natijasida haydovchi va yana bir prokuratura xodimi halok bo‘ldi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Sergelida 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda bir necha kishi jarohatlandi
20 mart 2023, 12:38

Sergelida 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda bir necha kishi jarohatlandi

Toshkentning Sergeli tumanida beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir necha jarohatlangani ma’lum qilindi, biroq ularning soniga aniqlik kiritilmadi.

Qashqadaryoda bemorlardan pul ta’ma qilgan tug‘uruqxona xodimlari ishdan olindi
19 mart 2023, 23:31

Qashqadaryoda bemorlardan pul ta’ma qilgan tug‘uruqxona xodimlari ishdan olindi

Tarmoqlarda Qashqadaryodagi tug‘uruqxona xodimlarining bemorlardan pul ta’ma qilayotgani aks etgan video tarqaldi. SSV tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi va doya ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navoiydagi Sentob qishlog‘iga rasman turizm qishlog‘i maqomi berildi
18 mart 2023, 17:39

Navoiydagi Sentob qishlog‘iga rasman turizm qishlog‘i maqomi berildi

Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘i rasman turizm qishlog‘i maqomini oldi. Hududda 15 dan ortiq turistik xizmat yo‘lga qo‘yilgan. 200 ga yaqin ishsiz aholi doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Toshkentdagi stadion yaqinida IIO xodimlari va Renessans TV jurnalisti o‘rtasida mojaro yuz berdi
18 mart 2023, 17:18

Toshkentdagi stadion yaqinida IIO xodimlari va Renessans TV jurnalisti o‘rtasida mojaro yuz berdi

Renessans TV jurnalisti «Milliy» stadioni yaqinida huquq-tartibot idoralari xodimlari OAVga to‘sqinlik qilib, kuch ishlatgani haqida xabar berdi. IIBB esa xodimlar noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmaganini bildirdi. Yuzlab fuqarolar u yerda U-20 Osiyo kubogi finaliga chipta sotib olish uchun yig‘ilgan edi.

Samarqandda fuqarodan AQShga yuborish uchun $10 ming olganlikda gumonlangan erkak ushlandi
18 mart 2023, 12:21

Samarqandda fuqarodan AQShga yuborish uchun $10 ming olganlikda gumonlangan erkak ushlandi

Samarqandda 43 yoshli fuqaro boshqa bir shaxsni 30 ming dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, oldindan 10 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi. Shunday holat Jizzax viloyatida ham qayd etildi.

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
18 mart 2023, 11:39

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida 20 ming gektar maydonni egalaydigan Yangi Toshkent quriladi. Poytaxtdagi davlat idoralari ham u yerga ko‘chib boradi. Hozirgi binolar o‘rnida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkentni turizm va biznes markaziga aylantirish reja qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting