Seshanba kuni soat 21:48 da Toshkentda kuchli zilzila sezildi. 21:49 da yer osti silkinishlari takrorlandi — ular gorizontal bo‘ldi va birmuncha davom etdi.

«Gazeta.uz» muxbirlarining xabar berishicha, ayrim aholi va savdo markazlariga tashrif buyurganlar ko‘chaga yugurib chiqqan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan. Uning magnitudasi 6,6, chuqurligi — 220 km.

Zilzila o‘chog‘idan O‘zbekiston poytaxtigacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 561 km.

O‘zbekiston hududidagi silkinishlar kuchi:

  • Surxondaryo viloyati: 5−6 ball, 342 km.
  • Farg‘ona viloyati: 5 ball, 447 km.
  • Sirdaryo viloyati: 5 ball, 493 km.
  • Jizzax viloyati: 5 ball, 496 km
  • Jizzax viloyati: 5 ball, 496 km.
  • Andijon viloyati: 5 ball, 500 km.
  • Samarqand viloyati: 5 ball, 504 km.
  • Namangan viloyati: 5 ball, 514 km.
  • Qashqadaryo viloyati: 5 ball, 532 km.
  • Toshkent: 5 ball, 561 km.
  • Navoiy viloyati: 5 ball, 639 km.
  • Buxoro viloyati: 5 ball, 684 km.