22 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi, deya xabar bermoqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.
Ochilish marosimida idora raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ulamolar, imom-xatiblar, mahalla faollari ishtirok etdi. Tumanning Sag‘bon ko‘chasidagi mazkur uch qavatli jome masjidi homiylar va saxovatpesha insonlar ko‘magida qurildi.
2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjidning xonaqohi 8 ming kishi, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga masjid 13 ming namozxonga xizmat ko‘rsata oladi.
Tahoratxonasi esa 150 kishiga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ma’muriyat, kutubxona va shu kabi zarur xonalar ham barpo etilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Foto: Musulmonlar idorasi, Toshkent shahri hokimligi