Jamiyat

Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
18 mart 2023, 09:19

Odam savdosida ayblangan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Interpol odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan ayolni BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Uning ayollarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari YTH oqibatida vafot etdi
18 mart 2023, 08:52

Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari YTH oqibatida vafot etdi

Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining 33 yoshli o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev YTHga uchrashi oqibatida vafot etdi.

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona harakati bo‘yicha ma’lumot berildi
17 mart 2023, 22:54

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona harakati bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyat IIBga ko‘ra, 23 yoshli kattaqo‘rg‘onlik ayol hozirda Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 mart 2023, 22:00

17 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Navro‘z bayramida kunlar +25 darajaga isishi, Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga o‘qilgan sud hukmi, Qashqadaryoda ayol kishini «samosud» qilganlarning 2 nafari qamalgani, nazoratga olingan Shaffof «zapravka»lari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Samarqand aeroportida ilk rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)
17 mart 2023, 20:06

Samarqand aeroportida ilk rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi (foto)

Samarqand aeroportida 30 dan ortiq aviatsiya ixlosmandlari ishtirokida ilk rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Aviaspotterlarga samolyotlarni tunda «tutib olish» va tongni perronda kutib olish taklif qilindi.

Samarqanddagi kafelardan birida tiktoker keksa odamni masxara qildi
17 mart 2023, 19:16

Samarqanddagi kafelardan birida tiktoker keksa odamni masxara qildi

Samarqanddagi kafelardan birining yosh xodimi keksa odamni masxara qilganini videoga olib, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. IIB u bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, ma’muriy bayonnoma tuzdi.

Coca-Cola #PET2NATUREUZ ekochellenjini e’lon qildi
17 mart 2023, 19:00

Coca-Cola #PET2NATUREUZ ekochellenjini e’lon qildi

Talabalar SANFA uchun plastik butilkalarni yig‘ib, ularni geomembranga aylantiradilar. Loyihaning natijasida Ustyurt platosida yashovchi hayvonlar uchun qo‘riqlanadigan hududlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ekotizim yaratiladi.

Qashqadaryoda ayol kishini «samosud» qilganlarning 2 nafari qamaldi
17 mart 2023, 18:04

Qashqadaryoda ayol kishini «samosud» qilganlarning 2 nafari qamaldi

Qashqadaryoda ayol va u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakning sochini olib, qamchilab «samosud» qilgan ota va uning 3 o‘g‘liga sud hukmi o‘qildi. Viloyat sudlari axborot xizmatiga ko‘ra, ularning ikki nafariga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bir nafari 3 yilga, yana biri 2 yilga qamaldi.

Sirdaryoda Toshkentga olib ketilayotgan qariyb 3 tonna yaroqsiz go‘sht aniqlandi
17 mart 2023, 17:51

Sirdaryoda Toshkentga olib ketilayotgan qariyb 3 tonna yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Sirdaryoda yuk mashinasida fuqaro 2950 kg iste’molga yaroqsiz mol go‘shtini Toshkentga olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

PDP University`da bepul o‘qish uchun 9,9 mlrd so‘mlik ta’lim granti ajratildi
17 mart 2023, 17:00

PDP University`da bepul o‘qish uchun 9,9 mlrd so‘mlik ta’lim granti ajratildi

O‘zbekistondagi 11 ta kompaniya PDP University bilan hamkorlikda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida Unicorn 2.0 | Social lift loyihasini taqdim etmoqda.

O‘zbekistonda yashovchi Afg‘oniston fuqarolari Surxondaryoda ko‘chat ekishda ishtirok etmoqda
17 mart 2023, 16:47

O‘zbekistonda yashovchi Afg‘oniston fuqarolari Surxondaryoda ko‘chat ekishda ishtirok etmoqda

Tabiat resurslar vazirligi va BMT agentliklarining Surxondaryoda o‘rmon barpo etish loyihasida 200 ga yaqin o‘zbekistonlik va 413 nafar afg‘onistonlik ishtirok etdi. Loyiha doirasida Termiz shahri va viloyatning to‘rtta tumanidagi tashkil etilgan 100 gektar yashil hudud va istirohat bog‘lariga ko‘chatlar ekildi.

Shaffof nomi ostidagi yuzdan ortiq gaz «zapravka»larda tekshiruv boshlandi
17 mart 2023, 15:18

Shaffof nomi ostidagi yuzdan ortiq gaz «zapravka»larda tekshiruv boshlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Shaffof savdo belgisi ostidagi 73 ta tadbirkorlik subyektiga qarashli yuzdan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchalarining «elektr va gaz tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish» holatlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Internetdagi provokatsiyalarga ergashmang» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Yesimkan Qanaatov
17 mart 2023, 15:13

«Internetdagi provokatsiyalarga ergashmang» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Yesimkan Qanaatov

Nukus voqealari bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchi qatorida jurnalist Yesimkan Qanaatovga ham hukm o‘qildi. U shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. Intervyu davomida Qanaatov Dauletmurat Tajimuratovning «agitatsiyalariga aldanib qolgani»ni aytdi va xalqdan «internetdagi provokatsiyalarga ergashmaslik»ni so‘radi.

O‘zbekistonga Rossiyadan olib kirilayotgan gazli va pnevmatik qurollar to‘xtatib qolindi
17 mart 2023, 14:17

O‘zbekistonga Rossiyadan olib kirilayotgan gazli va pnevmatik qurollar to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘istondagi «Dovut-ota» chegara postida Rossiyadan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, gaz ballonlari va patronlar aniqlandi.

Avtomobilsozlik sanoati yangi texnologik taraqqiyot davri ostonasida: BYD rasman O‘zbekistonda
17 mart 2023, 13:20

Avtomobilsozlik sanoati yangi texnologik taraqqiyot davri ostonasida: BYD rasman O‘zbekistonda

UzAuto kelajak avlodni o‘ylagan holda, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida.

Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi
17 mart 2023, 11:47

Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

17 mart kuni Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan yana 39 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. Ularning 28 nafariga 5 yildan 11 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. 11 nafar ayblanuvchi esa shartli ravishda sud zalidan ozod qilindi.

Navro‘z bayrami kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi
17 mart 2023, 11:39

Navro‘z bayrami kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi

Shanba kuni Kaspiy dengizidan bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati nisbatan pasayadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Biroq 21 mart kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi.

Mustaqil komissiya suddan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga adolatli jazo so‘radi
17 mart 2023, 11:00

Mustaqil komissiya suddan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga adolatli jazo so‘radi

Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya a’zolari sud raisidan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida, adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.

9 ta hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
17 mart 2023, 10:18

9 ta hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

18−21 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Transport vazirligi Gruziya, Ozarbayjon va Turkiyaga avtotransportda yuk tashuvchilarga murojaat qildi
17 mart 2023, 09:48

Transport vazirligi Gruziya, Ozarbayjon va Turkiyaga avtotransportda yuk tashuvchilarga murojaat qildi

O‘zbekiston Transport vazirligi Rossiya-Gruziya chegarasidagi «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktida aksariyat yo‘laklar yopilgani sababli milliy tashuvchilarga ushbu holatni inobatga olishlarini so‘radi. Hozirda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida 3 ta nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting