Navoiy viloyati Nurota tumanidagi rasman turizm qishlog‘i maqomi berilgan Sentob qishlog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu hududni turizm qishlog‘iga aylantirish natijasida 200 ga yaqin ishsiz aholi, jumladan, xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Bugungi kunda qishloqda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyekti mavjud. Qishloqqa muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.

Qishloqda 20 ta oilaviy mehmon uyi va 3 ta hostel faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga belgilangan standartlar asosida mehmon uylari nomi tushirilgan ko‘rsatkichlar o‘rnatildi. Ayni damda turizm qishlog‘ida 15 dan ortiq turistik xizmat yo‘lga qo‘yilgan.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qishloqqa olib boruvchi 5 km ichki yo‘l ta’mirlandi. Shu bilan birga, tungi yoritish chiroqlari, ikkita piyodalar ko‘prigi, ikkita selfi hudud, uchta sanitariya-gigiyena shoxobchasi, Sentob qishlog‘ining ramziy kirish stellosi, turistik axborot markazi qurilib, foydalanishga tayyor holatga keltirildi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi qarori hamda prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi farmoni bilan Sentobga turizm qishlog‘i maqomi berilgan.

Foto

Sentob qishlog‘i, turizm qishlog‘i

Sentob qishlog‘i, turizm qishlog‘i

Sentob qishlog‘i, turizm qishlog‘i

Sentob qishlog‘i, turizm qishlog‘i

Sentob qishlog‘i, turizm qishlog‘i

Sentob qishlog‘i, turizm qishlog‘i

Sentob qishlog‘i, turizm qishlog‘i