23 mart kuni Toshkent vaqti bilan 07:53 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 39,37 gradus shimoliy kenglik; 69,79 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 15 km.

Zilzila epitsentri So‘g‘d viloyatida, Toshkentdan 216 km uzoqlikda, janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Xususan, Sirdaryo viloyatida (2−3 ball, 152 km),
Jizzax viloyatida (2 ball, 188 km), Farg‘ona viloyatida (2 ball, 204 km), Toshkent shahrida (2 ball, 216 km), Namangan viloyatida (2 ball, 242 km).

Bu Tojikistonning ushbu hududida tungi zilziladan keyin sodir bo‘lgan beshinchi aftershok hisoblanadi. Tunda yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 01:09 da sodir bo‘lgan va O‘zbekistonda 5 ballgacha sezilgan.

Qolgan silkinishlar kuchi O‘zbekiston xududlarida qayd etilmadi.

Avvalroq “Gazeta.uz” O‘zbekiston olimlari o‘tmishda bir qancha zilzilalarni aniq bashorat qilgani, ammo nega hammasini bashorat qilib bo‘lmasligi haqida olimlar bilan suhbatlashgandi.