Jamiyat

O‘zbekistonda birinchi chorakda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilgani uchun sudlandi
13 aprel 2024, 11:02

O‘zbekistonda birinchi chorakda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilgani uchun sudlandi

Yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilishda ayblanib, sudlandi. Yana 40 kishi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilishda aybdor deb topildi.

Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etganlarning uchovi ham xorij fuqarolari bo‘lgan
13 aprel 2024, 09:41

Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etganlarning uchovi ham xorij fuqarolari bo‘lgan

Qutqaruvchilar Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketgan erkakning jasadini topdi. U Xitoy fuqarosi bo‘lib chiqdi. Erkak suvga cho‘kib ketgan ayol va bola (Rossiya fuqarolari)ni qutqarishga uringan.

Toshkentda 19 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13 aprel 2024, 09:32

Toshkentda 19 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yunusobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli haydovchi 49 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

Ota bolalar ombudsmanining aralashuvidan so‘ng qiziga xorijga chiqishga ruxsat berdi
13 aprel 2024, 09:27

Ota bolalar ombudsmanining aralashuvidan so‘ng qiziga xorijga chiqishga ruxsat berdi

Erkak sportchi qiziga Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun chet elga chiqishiga ruxsat bermay, xorijga chiqish pasportini olishiga to‘sqinlik qilgach, bu ishga bolalar ombudsmani va boshqa idoralar aralashdi. Natijada ota qiziga bu jarayon uchun ruxsat berdi.

Foto: Quyosh nuri Marsga olib boradi
12 aprel 2024, 20:42

Foto: Quyosh nuri Marsga olib boradi

Cho‘ponotadan kelayotganda Shofayzi ko‘prigiga yetmay, Ko‘kchadan kelayotganda esa Shofayzi ko‘prigidan o‘tgach, chap qo‘lda “Paxtakor” mahallasi keladi. Bu yerda nomi kosmonavtikaga aloqador ikki ko‘cha bor. Birinchisi — Quyosh nuri; shunisi sizni Marsga ham olib boradi. “Gazeta.uz” 12-aprel kuni shu ko‘chalarni aylandi.

NeftGazMontaj yubileyini nishonlamoqda: neft va gaz qurilishi sohasida yigirma yil
12 aprel 2024, 15:00

NeftGazMontaj yubileyini nishonlamoqda: neft va gaz qurilishi sohasida yigirma yil

NeftGazMontaj kompaniyasi o‘z tarixidagi muhim sana — asos solinganiga 20 yil to‘lganini nishonlamoqda. Ikkita 10 yillik davomida tashkilot O‘zbekiston neft va gaz sanoati obyektlarini qurishda yetakchi ishtirokchilardan biriga aylandi.

Toshkentdagi YTH oqibatida 3 haydovchi jarohat oldi
12 aprel 2024, 11:01

Toshkentdagi YTH oqibatida 3 haydovchi jarohat oldi

Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas avtomashinalari to‘qnashdi. Oqibatda uchala haydovchi ham olgan jarohati sababli shifoxonaga olib ketildi.

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi
12 aprel 2024, 08:55

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida uch kishi, jumladan, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi. Ikki qurbonning jasadi topilgan, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda.

Dubayda bahor-yoz mavsumlarida o‘tkaziladigan 5 ta festivalni o‘tkazib yubormagan ma’qul
11 aprel 2024, 17:00

Dubayda bahor-yoz mavsumlarida o‘tkaziladigan 5 ta festivalni o‘tkazib yubormagan ma’qul

Yil davomida Dubayda turli-tuman festivallar bo‘lib o‘tadi. Amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti bahor-yoz mavsumida tashkil qidinadigan beshta festival haqida ma’lumot berdi.

Andijonda 42 mlrd so‘mlik yo‘l loyihasini olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
11 aprel 2024, 14:42

Andijonda 42 mlrd so‘mlik yo‘l loyihasini olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari Andijonda tadbirkorga 42 mlrd so‘mlik yo‘l qurilishi loyihasini olib berishni va’da qilgan ikki shaxsni qo‘lga oldi.

BYD Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
11 aprel 2024, 13:00

BYD Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

15-aprelga qadar VI Toshkent xalqaro BYD marafonida ishtirok etishni istaganlar hali ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Asosiy tadbir 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

GBU bilan jihozlangan barcha Chery modellari kafolati saqlab qolinadi
11 aprel 2024, 11:00

GBU bilan jihozlangan barcha Chery modellari kafolati saqlab qolinadi

O‘zbekistondagi Chery brendi avtomobillarga gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgandan so‘ng ham texnik xizmat ko‘rsatish kafolati uzaytirilishini e’lon qildi.

Foto: Toshkentda o‘qilgan Ramazon hayiti namozi
10 aprel 2024, 16:49

Foto: Toshkentda o‘qilgan Ramazon hayiti namozi

Tongda O‘zbekiston masjidlarida Ramazon oyi tugashi munosabati bilan hayit namozi o‘qildi. Bu yil namoz kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida ado etildi. Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” va “Minor” masjidlaridan suratlar.

“Tez yordam”ga 3 oyda 3,1 mln murojaat kelib tushdi
10 aprel 2024, 12:52

“Tez yordam”ga 3 oyda 3,1 mln murojaat kelib tushdi

2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida “Tez yordam” xizmatiga 3,1 millionta murojaat kelib tushgan. Ularning 812 247 tasi surunkali kasalliklar, 19 114 tasi esa tug‘ruqlar uchun chaqirilgan.

G‘allaoroldagi qishloqda iftorlik. Xolida Musulmon fotohikoyasi
10 aprel 2024, 11:38

G‘allaoroldagi qishloqda iftorlik. Xolida Musulmon fotohikoyasi

Ro‘zadorlarga iftorlik berish savobli amallardan hisoblanadi. Shuningdek, bu eski gina-kuduratlarni unutish, xursandchilikni birga baham ko‘rish uchun yaxshi bir bahona ham. Fotosuratchi Xolida Musulmon Chuvilloq qishlog‘idagi oila iftorlikka qanday tayyorgarlik ko‘rishi va ramazonchi bolalar haqida hikoya tayyorladi.

Toshkent viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi pichoqlandi
10 aprel 2024, 03:09

Toshkent viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi pichoqlandi

Toshkent tumanida oilaviy janjal bo‘yicha chaqiruv olgan IIB xodimi pichoqlandi. U oshxona pichog‘i ushlagan shaxsdan qurolsizlanishni so‘ragan, ammo 56 yoshli fuqaro unga faol qarshilik ko‘rsatib, chap bel qismini jarohatlagan. Xodim IIV markaziy gospitaliga yotqizildi, fuqaro esa besh yilgacha qamalishi mumkin.

Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi
10 aprel 2024, 02:43

Jizzaxda 7-sinf bolani urgan o‘qituvchi ishdan olindi

Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

9-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 aprel 2024, 22:50

9-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent tumanlarini aylanib chiqqan hokim, UzAuto Motors`ning avtomobil bozoridagi ulushi, ilk bor o‘tkaziladigan mudofaa sanoati ko‘rgazmasi, 20 yoshga to‘lgan “Ziyouz.com” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev xalqni Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi
9 aprel 2024, 22:38

Shavkat Mirziyoyev xalqni Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi

Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi.

“Ziyouz.com” 20 yoshga to‘ldi
9 aprel 2024, 21:10

“Ziyouz.com” 20 yoshga to‘ldi

O‘zbek tilidagi eng yirik onlayn-kutubxona — “Ziyouz.com” ishga tushganiga 20 yil to‘ldi. Portalda minglab nasriy, o‘n minglab she’riy asar, minglarcha ilmiy-ma'rifiy maqola to‘plangan. “„Ziyouz.com“ xalqimizning ziyoli bo‘lmog‘iga […] hissa qo‘shayotganidan baxtliman”, deydi loyiha asoschisi Davronbek Tojialiyev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting