Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi avtoulov sohiblarini avtomobilga gaz ballon uskunalari (GBU) o‘rnatilganidan keyingi texnik xizmat ko‘rsatilish kafolatiga oid muhim voqea haqida xabardor qildi.

реклама

Ko‘plab avtotransport vositalari sohiblari yonilg‘i sarfini kamaytirish va avtomobilning tejamkorligini orttirish maqsadida GBUni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq qaror qabul qilishdan oldin ushbu uskunalarni o‘rnatish kafolat shartlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish muhimdir. Ma’lumki, ba’zida ishlab chiqaruvchilar GBU mavjud bo‘lganda mijozlarga kafolatli xizmat ko‘rsatilishidan bosh tortadi.

реклама

15-apreldan boshlab GBUning o‘rnatilgani Chery avtomobillari uchun kafolatli xizmat ko‘rsatilishi inkor etilishiga asos bo‘lmaydi, faqat konstruksiyaning o‘zgartirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘inlar, komponentlar, detallar kafolat shartlaridan chiqarib tashlanadi. Boshqacha qilib aytganda, avtomobilning o‘zgarishsiz qolgan barcha qismlariga kafolat amal qiladi.

Bu haqdagi batafsil ma’lumot bilan brendning saytida tanishish mumkin.

реклама

Chery GBU bilan jihozlangan avtomobillar uchun kafolat shartlarini saqlab qolgan birinchi chet davlat brendlaridan biri bo‘ldi.

Chery Uzbekistan rasmiy tarmog‘i nafaqat yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish taqdim etibgina qolmay, balki ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlov amalga oshirilishiga ham kafolat berishiga mijozlarning e’tiborini qaratmoqda. Rasmiy bo‘lmagan va tekshirilmagan servis markazlariga murojaat qilish istalmagan oqibatlarga, shu jumladan, kafolat huquqlarining yo‘qotilishiga hamda sifatsiz ehtiyot qismlaridan foydalanishga olib kelishi mumkin.

реклама

___________________

Roodell Servise Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy dilerlik servis markazi bo‘lib, kafolatli va kafolat muddati tugaganidan keyingi xizmatlarni ko‘rsatadi.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.