2004-yilda tashkil etilgan NeftGazMontaj MCHJ QK xorijlik va o‘zbek ta’sischilar, jumladan, Zeromax GmbH va “Toshneftgazqurilish” OAJ, “Buxoragazsanoatqurilish” OAJ hamda boshqa bir qator mahalliy korxonalarning birgalikdagi faoliyati natijasi bo‘ldi. Kompaniyaning tashkil etilishi O‘zbekistonga g‘arbning ilg‘or qurilish texnologiyalarini jalb qilishdagi muhim qadam bo‘lib, qurilish ishlari sifatini sezilarli darajada oshirish va muddatini qisqartirish imkonini berdi.

neftgazmontaj, реклама

Kompaniyaning faoliyati

Bugungi kunda NeftGazMontaj umumiy tajribasi va professionalligi orqalibirlashgan yuqori malakali mutaxassislar tarkibi bilan maqtana oladi. Kompaniya jamoasi tarkibiga barcha ixtisoslashgan sohalar mutaxassislari — quruvchi-montajchilar va operatorlardan tortib muhandis xodimlargacha kiradi. NeftGazMontaj o‘z tajribasi va malakasiga suyangan holda har qanday murakkablikdagi, shu jumladan, tor ixtisoslashgan vazifalarni ham “hammasi ichida” konsepsiyasi asosida hal qilishga tayyor.

neftgazmontaj, реклама

Kompaniya barcha kerakli litsenziya va sertifikatlarga ega, jumladan, yuqori bosimli quvurlarni qurish va ishlatish uchun litsenziyasi uning sherik sifatidagi yuqori maqomi va ishonchliligini tasdiqlaydi. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Neft va gaz sohasidagi chiziqli qurilish:

  • magistral quvurlar va inshootlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
  • kompressor stansiyalari, gazni oldindan tayyorlash moslamalari, neft omborlari va yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qurish;
  • “hammasi ichida” konsepsiyasi asosida neft va gaz quduqlarini har tomonlama qayta jihozlash;
  • gorizontal burg‘ilash texnologiyasini qo‘llash.

Sanoat va fuqarolik qurilishi:

  • kompleks qurilish, bino va inshootlarni, jumladan, turar-joy, ma’muriy, ofis binolari, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qayta ta’mirlash;
  • ta’lim, sport, fitnes, mehmonxona va savdo majmualari, shuningdek, tegishli infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

neftgazmontaj, реклама

Texnik ta’minot

Kompaniyaning asosiy afzalliklaridan biri zamonaviy uskunalarning keng parki hisoblanadi. Volvo, Caterpillar, Komatsu, Liebherr, Renault kabi jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning 650 dan ortiq avtotransport va qurilish texnikalari yuqori samaradorlik va ish sifatini ta’minlaydi.

Sifat standartlari

Kompaniya xizmatlari sifatini doimiy ravishda yaxshilashga va xalqaro sifat standartlariga (ISO 9001:2008) qat’iy rioya qilishga intiladi. NeftGazMontaj`dagi barcha ishlab chiqarish jarayonlari O‘zbekistonda amalda bo‘lgan me’yoriy-texnik va loyiha-smeta hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq amalga oshiriladi.

NeftGazMontaj`ning 20 yillik muvaffaqiyatli faoliyati — kompaniyaning bozorda munosib tan olinishi hamda hamkorlari va mijozlari uchun sifat va ishonchlilik kafolatidir.

Sayt: ngm.uz

Reklama huquqlari asosida.