Dubayda yil bo‘yi qiziqarli voqealar va tadbirlar o‘tkaziladi. Bahor va yozda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan turli-tuman festivallar amirlikdagi madaniy hayotning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Visit Dubai shahar aholisi va mehmonlari qaysi tadbirlarni o‘tkazib yubormasligi kerakligi haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Iydul fitr

Iydul fitr muqaddas Ramazon oyining so‘nggida o‘tkazilib, 2024-yilda u 10-aprelga to‘g‘ri keldi. Bayramdan so‘ng esa bir hafta davom etadigan dam olish kunlari boshlandi. Bu yaqinlar davrasida vaqt o‘tkazish va birgalikda noz-ne’matlardan tanovul qilishga bag‘ishlanadigan vaqt. Bayramni Dubayning an’anaviy fonuslar va shinam chiroqlar bilan bezatilgan har bir ko‘chasida his qilish mumkin. Bundan tashqari, Iydul fitrda doim festivallar, konsertlar va shoular tashkil qilinadi, savdo va ko‘ngilochar markazlar esa yoqimli chegirmalarni taklif etadi. Butun shaharda bayram an’anaviy mushakbozlik bilan kechadi. Hayratga soluvchi rang-barang feyerverklardan bepul zavqlanish mumkin.

visit dubai, реклама

Dubai Food Festival

Ushbu an’anaviy gastronomik festival shahar fudilarida — taom iste’molidan alohida zavq oladigan kishilarda katta qiziqish uyg‘otishi aniq. Bu yil u 11-bor o‘tkazilyapti va odatdagidek deyarli bir oy — 19-apreldan 12-maygacha — davom etadi. Festival — vaqtni do‘stlar bilanmaroqli o‘tkazish va mahalliy gastronomik an’analardan rohatlanish uchun ajoyib imkoniyat. Shuningdek, bu restoranlarga borish uchun otpimal davr ham hisoblanadi: 28-apreldan 7-maygacha an’anaviy Restaurant Week tadbiri o‘tkaziladi, uning doirasida belgilangan narxda, ya’ni 125 dirhamga (35 AQSh dollari atrofida) tushlik qilish yoki 250 (68 dollar atrofida) dirhamga kechki ovqat tanovul qilish mumkin.

visit dubai, реклама

Shahardagi restoranlarning aksariyati, shu jumladan, lyuks restoranlar ham setlar taklif qiladi. E’tiborni “10 dirhamga taom” pop-ap loyihasiga qaratgan ma’qul. U mohir oshpazlarning ajoyib taomlarini hamyonbop narxlarda tatib ko‘rish imkonini beradi. Bu yerda Trattoria`dan aranchini, Philotimos`dan qarsillama dolmalarni, Elvin Lyungdan krevetkali Demon Duck mualliflik tostlari bo‘ladi.

25−27-aprel kunlari festival doirasida Gault&Millau “Pazandalik novatorlari” tadbiri o‘tkaziladi, unda dunyoga tanilgan 12 nafar oshpaz qatnashadi. Ishtirokchilar orasida Greguar Berger (Ossiano), Ximanshu Sayni (Trèsind Studio), Xisao Ueda va Takashi Namekata (TakaHisa), Jeyson Aterton (Row on 45), Kelvin Chung (Jun's), Muhammad va Vassim Orfali (Orfali Bros. Bistro), Roberto Torre (L'Atelier Robuchon) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Dubai Summer Surprises

28-iyundan 1-sentabrga qadar Dubay mehmonlari va aholisini chegirmalar, lotereyalar va qimmatbaho sovg‘alarga boy yozgi yorqin shoping festivali kutadi. Bu hamyonbop xaridlarni yoqtiruvchi barcha uchun uzoq kutilgan voqea hisoblanadi. Aytish joizki, maxsus takliflar nafaqat do‘konlarda, balki mehmonxonalar va madaniy tadbirlarda ham amal qiladi.

Bu festival butun oilaga yoqishi aniq, chunki tadbir mehmonlarini artistlarning jonli ijrolari va qiziqarli shoular kutadi. Agar yozgi shoping-festivalga ulgurmasangiz, xafa bo‘lishga o‘rin yo‘q: u qishda ham — dekabrdan yanvar oyigacha o‘tkaziladi.

visit dubai, реклама

Bundan tashqari, 2024-yil yozda Dubaydagi ko‘plab mehmonxonalar Kids Go Free dasturi doirasida oilaviy hordiq uchun maxsus sharoitlarni taklif qilmoqda, xususan, 12 yoshdan kichik bolalar bepul yashashi, ovqatlanishi va turli ko‘ngilochar o‘yinlarga jalb qilinishi mumkin. Aksiyada NH Collection Dubai The Palm, Paramount Hotel Dubai, Rove Dubai Marina, Address Downtown, Kempinski Hotel Mall of the Emirates va boshqa mehmonxonalar qatnashmoqda. Oldindan bronlab qo‘yish bir umr esda qoladigan oilaviy hordiqni kafolatlaydi va Dubayni yozgi ta’tillar uchun a’lo tanlovga aylantiradi.

Dubai Esports and Games Festival

Agar siz yoki oila a’zolaringiz kompyuter o‘yinlariga qiziqsangiz, o‘z festival jadvalingizga Dubai Esports and Games Festival tadbirini ham kiritgan ma’qul. 2024-yil u 19-apreldan 5-maygacha o‘tkaziladi. Bu vaqtda butun Dubay o‘yin maydoniga aylanadi: umumshahar turnirlari, shuningdek, mavzu bo‘yicha ma’ruzalar, seminarlar va kospley tanlovi o‘tkaziladi. Siz yangi o‘yinlarni testdan o‘tkazishingiz, o‘yin jihozlaringizni yangilashingiz va 4−5-may kunlari professionallar Play Beyond turnirida qanday musobaqalashayotganini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

visit dubai, реклама

Iyd al-Adha

Iyd al-Adhani ko‘pchilik Qurbon hayiti sifatida juda yaxshi biladi. Bu islom taqvimidagi muhim bayramlardan biri hisoblanadi, chunki u bilan har yili Makkaga ziyorat, ya’ni haj mavsumi yakunlanadi. Dubayda bu mehmonlar va mahalliy aholi uchun alohida davr. Butun shahar bo‘ylab festivallar va musiqiy chiqishlar o‘tkaziladi, oilaviy ko‘ngilochar markazlar va do‘konlar esa ko‘p hollarda mehmonlar uchun yoqimli chegirmalarni taklif qiladi.

Shuningdek, bu mahalliy taomlar va mahsulotlarni, masalan, uzi, ya’ni past olovda guruch va kedr yong‘oqlari bilan tayyorlangan yumshoq qo‘y yoki echki go‘shtini tatib ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat hamdir.

Shu bilan birga, bayram paytida islom an’analari bilan yaqindan tanishish mumkin, xususan, shayx Muhammadning O‘zaro madaniy anglashuv markazi ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan turga qo‘shilsa bo‘ladi. Markaz Jumayra masjidiga muntazam turlarni tashkil qiladi, muassasamusulmon bo‘lmagan mehmonlar uchun ham ochiq. Bayram sanasi oy sikliga bog‘liq: 2024-yilda u taxminan 17-iyunga to‘g‘ri keladi.

Sayt: visitdubai.com

Reklama huquqlari asosida.