O‘zbekiston Oliy Majlisining bolalar huquqlari bo‘yicha vakiliga sobiq turmush o‘rtog‘i qizining chet elga chiqishini taqiqlagan ayoldan murojaat kelib tushdi, deb xabar qildi bolalar ombudsmani matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, erkak suzish bo‘yicha milliy terma jamoada ishtirok etayotgan qizini (2011-yilda tug‘ilgan) suzish bo‘yicha xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun xorijga chiqishga ruxsat bermay, chet el pasportini olishiga to‘sqinlik qilgan.

Bolalar ombudsmani va boshqa idoralar erkakka qizining istiqboli va kelajakdagi imkoniyatlari haqida tushuntirish berganidan so‘ng u qiziga ruxsat berdi, deyiladi xabarda.