Poytaxtning Yangihayot tumanida 11-aprel kuni kechki payt 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahri IIBB YHXB axborot xizmati.

Soat 21:50 da tumanning Qo‘rg‘ontepa 1-tor ko‘chasida Bestune, Cobalt va Damas avtomashinalari ishtirokida mazkur hodisa ro‘y bergan. Oqibatda 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan shahar YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.