21-aprelda 45 ta davlatdan tashrif buyurgan yugurish bo‘yicha professional sportchilar va havaskorlar O‘zbekistonning sport sohasidagi bosh tadbirlaridan biri — VI Toshkent xalqaro BYD marafonida ishtirok etadi.

Bu yil oltinchi Toshkent xalqaro BYD marafoni 6000 ga yaqin yuguruvchini qabul qiladi. Bugungi kunga qadar 4000 dan ortiq kishi, jumladan, Markaziy Osiyodagi yetakchi yugurish klublari a’zolari ham ariza topshirgan. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan marafonda ishtirok etish uchun yaqin va uzoq xorijdan ilg‘or sportchilar ham taklif etildi.

Toshkent marafoni xalqaro sport tadbiri bo‘lib, World Athletics Label maqomiga ega hamda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining (World Athletics) rasmiy musobaqalar taqvimiga kiritilgan. Toshkent xalqaro marafoni yo‘nalishi Xalqaro marafonlar assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan. Tadbir arafasida mazkur nufuzli yugurish musobaqasiga tayyorgarlik darajasini kuzatish va uni qabul qilingan xalqaro standartlar asosida o‘tkazish uchun xalqaro ekspert kuzatuvchilari Toshkentga keladi.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish Perfend.com onlayn platformasida havola orqali davom etmoqda.

Tadbir dasturi klassik 42 km marafon, 21 km yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km masofalarni o‘z ichiga oladi, bu har kim o‘ziga mos murakkablik darajasini topishiga imkoniyat beradi. Asosiy marafon arafasida, 20-aprel kuni bolalar uchun Kids Run yugurish musobaqasi, shuningdek, turli yosh guruhlari orasida mashhur bo‘lgan shimoliy yurish musobaqalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Marafonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish badali quyidagi qiymatlarda belgilangan:

  • Kids Run — 1 km va shimoliy yurish — 3 km — 150 ming so‘m;
  • 3 km — 150 ming so‘m;
  • 10 km — 190 ming so‘m;
  • yarim marafon — 21 km — 250 ming so‘m;
  • marafon — 42 km — 350 ming so‘m.

Ushbu to‘lov yuguruvchilarga o‘zlari tanlagan masofada qatnashish va start paketini olish imkonini beradi, shu jumladan:

  • bir dona chipli ko‘krak raqami;
  • to‘rtta to‘g‘nog‘ich;
  • ryukzak;
  • kepka;
  • marafon logotipi tushirilgan futbolka;
  • tadbir kunida jamoat transporti uchun ikki dona chiptani o‘z ichiga oladi.

2024-yil tashkilotchilar kumush, oltin va platina ishtirokchilari raqamlarini taqdim etish bo‘yicha yangi xizmatni joriy qildi. Ushbu start raqamlarining egalari marafonning Telegram-bot orqali marshrut translyatsiyasini onlayn rejimda kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Narxi tanlangan masofaga qarab o‘zgaradi — 250 ming so‘mdan 1,2 mln so‘mgacha.

“Toshkent marafonida 42 km masofani olti soatda bosib o‘tgan, professional sportchi yoki havaskor yuguruvchi bo‘lishidan qat’i nazar, har bir ishtirokchiga ikkinchi kattalar sport toifasi beriladi. Ommaviy havaskorlik sporti yetakchilari yugurish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga katta hissa qo‘shmoqda”, — deya ta’kidladi Yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamollidin Ro‘zamuhamedov.

Toshkent marafonining 2024-yilgi umumiy sovrin jamg‘armasi sezilarli darajada oshirildi va 720 mln so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, erkaklar va ayollar o‘rtasida rekord o‘rnatish uchun asosiy mukofotlardan tashqari qo‘shimcha sovrinlar — marafon masofasi uchun 15 mln so‘m va yarim marafon uchun 10 mln so‘m taqdim etiladi.

Start-finish shaharchasi Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidagi “Humo Arena” sport majmuasi hududida joylashgan, masofaviy marshrut esa Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab o‘tadi, bu ishtirokchilarga yangi yugurish shahri muhitiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi.

Marafon tashkilotchilari:

  • Toshkent shahri hokimligi;
  • Sport vazirligi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • “O‘zbekneftgaz” AJ;
  • Milliy olimpiya qo‘mitasi;
  • Mudofaa vazirligi;
  • Ichki ishlar vazirligi;
  • Yoshlar ishlari agentligi;
  • Kasaba uyushmalari federatsiyasi;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
  • O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi.

O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi ushbu sport musobaqasini Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirmoqda.

VI Toshkent xalqaro BYD marafoni uchun ro‘yxatga olish joriy yilning 15-aprelida yakunlanadi. Start paketlarni tarqatish 17−19-aprel kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha Magic City ko‘ngilochar istirohat bog‘i hududida amalga oshiriladi.

Telefon: (+998) 95−142−01−84.

Facebook: fb.com/tmmarathon
Instagram: @tmmarathon

Reklama huquqlari asosida.