dayjest

Namunali savdo nima va chakana savdo madaniyatini qanday rivojlantirish mumkin?

Shahar savdosi aholi va uning madaniyati haqida axborot berishda muzeylardan kam emas. Chakana savdo formatlarining turfaligi shahar hayoti va iqtisodiyoti qanchalik boyligini ko‘rsatadi. Xo‘sh, riteyldagi qanday biznes-qarorlar bu formatlarni rivojlantirishga yordam beradi? Denis Sokolov maqolasi — shu haqda.


dayjest

Amir Temur — antikorrupsioner, motivator, ilg‘or soliqchi, “Napoleonning ustozi”, “Otaturkning kumiri”

Har yili Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan 9-aprelda va uning arafasi OAVda buyuk sarkarda hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘plab materiallar e’lon qilinadi. “Gazeta.uz” hafta davomida davlat gazetalarida chop etilgan shu mavzudagi maqolalar asosida dayjest tayyorladi.


dayjest

Rossiyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Samara viloyatida ichida 66 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi “vaziyat alohida nazorat ostida” ekanini bildirdi.


dayjest

12−15-aprel kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 12−15-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari sodir bo‘lishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


dayjest

Toshkentga yuk mashinalarining kirishi va harakati bir kunga taqiqlanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan 9-aprel soat 17:00 dan boshlab Toshkent shahriga yuk avtomobillarining kirishi va harakati 24 soatga butunlay taqiqlanadi.


dayjest

Prezident Jizzaxdagi Kibersport arenasiga bordi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilgan Kibersport arenasi bilan tanishdi. Prezident u yerda kibersport, shaxmat, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, basketbol musobaqalarini kuzatib, yoshlar bilan suhbatlashdi. “Biz belgilab olgan strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”, — dedi u.


dayjest

UzAuto Motors`ning O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 81 foizni, ADM Jizzakh`niki 5,5 foizini tashkil etmoqda

2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egalladi. ADM Jizzakh ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, bozorning qolgan ulushi import, jumladan, 291 mln dollarlik 8948 ta BYD avtomobili hissasiga to‘g‘ri keldi.


dayjest

Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi

Namanganning Chortoq tumanida shifoxonaning hushyorlantirish bo‘limiga yotqizilgan erkak temir panjaraga o‘zini osib, vafot etdi. U bir kun avval turmush o‘rtog‘ining chaqiruviga asosan mastligi sababli IIB xodimi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Holat nazoratga olindi, deb yozdi ombudsman matbuot xizmati.


dayjest

ADM Jizzakh 2027-yilgacha O‘zbekistonning top-5 soliq to‘lovchisi qatoriga kirishni reja qilmoqda

ADM Jizzakh zavodi 2027-yil o‘rtalaridan gibrid avtomobil va elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar hajmi 550 mln dollarga, budjet to‘lovlari esa 700 mln dollarga oshirilishi kutilmoqda, bu kompaniyaga mamlakatning eng yirik 5 soliq to‘lovchisi qatoriga kirish imkonini beradi.


dayjest

Ro‘zadorlar uchun suv va xurmo, bolalarga velosiped hamda iftor dasturxoni. “Sen dunyoga keraksan” jamoasining Ramazondagi faoliyati haqida

“Sen dunyoga keraksan” ko‘ngillilar jamoasi Ramazon oyida Toshkent shahrida “Yo‘lda iftorlik” loyihasini o‘tkazib, 21 mingdan ziyod ro‘zadorga suv va xurmo tarqatdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida kam ta’minlangan oilalar uchun 100 kishilik iftor dasturxoni yozildi, 20 nafar bolaga velosiped taqdim etildi. Foto.


dayjest

Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlanganidan so‘ng Toshkentdagi barcha tumanlarni aylanib chiqdi (foto, video)

O‘tgan haftada Toshkent shahri hokimligiga tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov tayinlovdan so‘ng poytaxtdagi barcha tumanni aylanib chiqdi. U ishchi guruh bilan mahallalarga borib, kamchilik va muammolarni muhokama qildi. “Gazeta.uz” hokimning 4 kunlik o‘rganishlari aks etgan video va suratlarni jamladi.


dayjest

Isroil G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarni olib chiqib ketayotganini e’lon qildi, u yerda faqat bitta brigada qoldi. Isroil rasmiylari hamon Rafahda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish niyatida.


dayjest

Toshkentda metroda ayolning belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda metro vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning beli va belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−14-aprel)

Bog‘lar va savdo markazlaridagi shou-dasturlar hamda konsertlar, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, Humo Bahor Fest, ko‘rgazmalar, art-bozor, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va ketma-ket dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Ramazon hayiti namozi vaqtida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi

Toshkent shahrida 10-aprel kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi.


dayjest

Toshkentda avtobus qisilib qolgan yo‘lovchini sudrab ketdi

Yashnobod tumanida 2-sonli avtobus haydovchisi orqa eshikdan tushayotgan yoshi katta yo‘lovchini payqamay qoldi. Oqibatda avtobus erkakni 3−5 soniya sudrab ketdi. “Toshshahartransxizmat” haydovchi ishdan olinganini bildirdi.


dayjest

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


dayjest

Saudiya Arabistoni Neom loyihasidan kutilmalarini pasaytirdi — Bloomberg

Saudiya Arabistoni rasmiylari yirik Neom loyihasi doirasida barpo etilayotgan The Line shaharchacida avval rejalashtirilganidek 1,5 mln kishi emas, balki 300 mingdan kam odam istiqomat qilishini kutmoqda. Moliyaviy muammolar tufayli The Line shahri xarajatlari qisqartirilmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.


dayjest

Mudofaa vazirligi ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi

Mudofaa vazirligi birinchi marta O‘zbekiston mudofaa sanoatining “Texnofest-2024” ko‘rgazmasini o‘tkazadi, unda ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) mahsulotlar namoyish etiladi. Tadbir 2, 3 va 4-may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida bo‘lib o‘tadi.


dayjest

Hayit kunlari So‘qoq va Qiziltog‘ga olib boruvchi yo‘lning bir qismida harakat cheklanadi

Parkent tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni ortishi sabab 10−11−12−13-aprel kunlari Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor yo‘lining 44- va 48-kilometr oraliqlarida avtomobillarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi. So‘qoqqa borganlar Toshkentga boshqa yo‘l bilan qaytadi.


dayjest

Jizzax viloyatining 10 ta madaniy meros obyektida “turizm halqasi” yaratiladi

Jizzax viloyatidagi 10 ta madaniy meros obyektida “turizm halqasi” yaratilib, ularga eltuvchi yo‘llar ta’mirlanadi. Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida sayyohlar uchun sharoit hozirlanib, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun hukumat komissiyasi tuziladi.


dayjest

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda fuqaroni 11 ming dollarga DXXga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.


dayjest

Toshkent shahri hokimligiga matbuot kotib tayinlandi

Bungacha poytaxt hokimligi matbuot xizmatida ishlab kelgan Gulnoza Kasimova Toshkent shahri hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.


dayjest

“Sharlar charxpalakdan emas, 5 metr balandlikdagi temirlardan yog‘diriladi”. Ekologiya boshqarmasi — “Ashxobod” sayilgohida 20 mingta pufak tushirilishi haqida

Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi 10-aprel kuni “Ashxobod” sayilgohidagi charxpalakdan 20 mingta shar yog‘dirilishi haqidagi xabarga munosabat bildirib, sharlar 5 metr balandlikdagi balkalardan tushirilishini bildirdi. Tashkilotchilar ekologiyaga zarar yetkazmaslik to‘g‘risida ogohlantirildi, deb yozdi boshqarma.


dayjest

“Ziyouz.com” 20 yoshga to‘ldi

O‘zbek tilidagi eng yirik onlayn-kutubxona — “Ziyouz.com” ishga tushganiga 20 yil to‘ldi. Portalda minglab nasriy, o‘n minglab she’riy asar, minglarcha ilmiy-ma'rifiy maqola to‘plangan. “„Ziyouz.com“ xalqimizning ziyoli bo‘lmog‘iga […] hissa qo‘shayotganidan baxtliman”, deydi loyiha asoschisi Davronbek Tojialiyev.