12-aprel kuni soat 12:30 atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumanida Nexia 3 haydovchisi piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati.

Tumanning Yunusota ko‘chasi 14a-uy qarshisida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 19 yoshli K.Sh. Nexia 3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, 49 yoshli piyoda A.R.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.