Jamiyat

Samarqandda 3 yoshli bola ariqqa tushib ketib vafot etdi
4 aprel 2023, 10:36

Samarqandda 3 yoshli bola ariqqa tushib ketib vafot etdi

Urgut tumanida 2020-yilda tug‘ilgan bolakay ehtiyotsizlik sabab ariqqa tushib, oqib ketdi. Bolaning o‘limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi.

Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 80 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi
4 aprel 2023, 10:02

Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 80 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi

Qashqadaryoda 30 tup manzarali daraxt, Toshkent viloyatida esa 48 tup pista daraxti o‘tin qilish uchun kesib tashlangani aniqlandi. Xususan, Qarshi shahrida o‘simlik dunyosiga 151 mln so‘m zarar yetgan.

Toshkentda o‘zi va 3 farzandini to‘qqizinchi qavatdan tashlagan ayol bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
4 aprel 2023, 09:14

Toshkentda o‘zi va 3 farzandini to‘qqizinchi qavatdan tashlagan ayol bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Sergelida o‘zi va 3 farzandini to‘qqizinchi qavatdan tashlagan ayol ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhuma uyi yonib ketgani tufayli bolalari bilan onasinikida yashab kelgani va ushbu holatlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani hamda turmush o‘rtog‘i hozirda Umra ziyoratida ekani aniqlandi.

Toshkentda ayol o‘zi va 3 nafar farzandini to‘qqizinchi qavatdan tashladi. Ularning bari halok bo‘ldi
4 aprel 2023, 00:31

Toshkentda ayol o‘zi va 3 nafar farzandini to‘qqizinchi qavatdan tashladi. Ularning bari halok bo‘ldi

Sergeli tumanida 27 yoshli ayol 3 nafar farzandi (1, 4 va 5 yosh) bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgandi. Bosh prokuratura ularning barchasi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Nukus ishi bo‘yicha 40 ga yaqin mahkum yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar o‘tkazdi
3 aprel 2023, 23:12

Nukus ishi bo‘yicha 40 ga yaqin mahkum yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar o‘tkazdi

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan 39 nafar mahkumning oila a’zolari bilan qisqa muddatli uchrashuvlari tashkil etildi. Bu masalada Parlament komissiyasi tomonidan Oliy sudga iltimosnoma kiritilgan. Shuningdek, komissiya Buxoroga yo‘l xarajatlarini qoplashga ham yordam bergan.

“Jara” festivali qoldirildi
3 aprel 2023, 22:42

“Jara” festivali qoldirildi

“Jara” musiqiy festivali boshqa kunga qoldirildi, yangi sanasi esa noma’lum. “Dunyodagi hozirgi vaziyat keng ko‘lamli musiqiy tadbirlarni o‘tkazish uchun qulay emas”, deya ma’lum qildi iTicket chiptalar agregatori.

Sergelida ayol uch bolasi bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgani aytilmoqda
3 aprel 2023, 22:29

Sergelida ayol uch bolasi bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgani aytilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgani aytilmoqda. Bosh prokuratura matbuot xizmati tezkor-tergov guruhi voqea joyida o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.

3-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 aprel 2023, 22:00

3-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan jala yomg‘irlari, o‘z joniga qasd qilgan Baxmal tumani bosh arxitektori, boshqa vaqtga qoldirilgan “JARA” festivali, O‘zbekistonda yuqoriligicha qolayotgan oziq-ovqat inflyatsiyasi, Urganchda himoyaga olingan mehribonlik uyidagi 3 qiz va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda DNS ildiz serveri ishga tushiriladi
3 aprel 2023, 21:11

O‘zbekistonda DNS ildiz serveri ishga tushiriladi

Uzinfocom RIPE NCC internet-registratori bilan O‘zbekistonda DNS (K-Root) ildiz serverini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. AKT vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, u qidirish tizimi va internet ishining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Toshkentdagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan “Barqaror biznes rejalar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
3 aprel 2023, 20:00

Toshkentdagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan “Barqaror biznes rejalar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti barqaror rivojlanish sohasidagi eng yaxshi maktab biznes-loyihalarini taqdirladi.

O‘zbekiston Oliy sudi xorazmlik mansabdorlar ishini qayta ko‘rib chiqadi
3 aprel 2023, 19:49

O‘zbekiston Oliy sudi xorazmlik mansabdorlar ishini qayta ko‘rib chiqadi

O‘zbekiston Oliy sudiga Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda aybdor deb topilgan viloyat Adliya boshqarmasi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq rahbarlariga nisbatan chiqarilgan hukm yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi protesti kelib tushdi.

Qizlar, sizni ta’qib qilishyaptimi? “Umidani chaqiring!”
3 aprel 2023, 19:00

Qizlar, sizni ta’qib qilishyaptimi? “Umidani chaqiring!”

Bir yil avval Toshkentda xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonliklar oldini olishga qaratilgan “Umidani chaqiring” loyihasi boshlangandi. Loyiha uchun yil qanday o‘tdi? Necha kishi “Umidani chaqirdi”? Endi nima bo‘ladi? “Gazeta.uz” loyiha tashabbuskori — BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan shu haqda suhbatlashdi.

Baxmal tumani bosh arxitektori o‘z joniga qasd qildi
3 aprel 2023, 18:07

Baxmal tumani bosh arxitektori o‘z joniga qasd qildi

Jizzax viloyati Baxmal tumani bosh arxitektori vafoti munosabati bilan “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘lim yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Toshkent ramzlariga chizgilar: Teleminora
3 aprel 2023, 18:00

Toshkent ramzlariga chizgilar: Teleminora

Toshkent teleminorasini uning foyesidagi hashamatli panno va yuqoridan ko‘rinuvchi shahar manzarasi uchun qadrlashadi. 110 metr balandlikdagi “Koinot” restorani esa minglab juftliklar uchun oilaga tamal toshi qo‘yilgan maskan hisoblanadi. Teleminora xodimlari uni nima uchun yaxshi ko‘rishi — maxsus materialimizda.

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet
3 aprel 2023, 17:59

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet

O‘zgidromet 2-aprel kuni Toshkentda deyarli uch soat davom etgan yomg‘ir miqdori turli hududlarda 10 millimetrdan 33 millimetrgacha bo‘lganini ma’lum qildi. Do‘lning diametri 11 millimetrga yetdi. Kunlik yog‘ingarchilikning mutlaq rekordi (65 mm) 1990-yil 8-aprelda qayd etilgan. Aprel oyining normasi 63 mm.

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan
3 aprel 2023, 17:55

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan

Yakshanba kuni kuchli yog‘ingarchilik paytida Toshkentning Bobur ko‘chasida joylashgan turar joy binosida ikkita balkon qulab tushdi. “Gazeta.uz” muxbirlari voqea joyiga borib, ehtimoliy oqibatlar bo‘yicha aholi bilan suhbatlashdi.

O‘zbekiston bo‘ylab jala yomg‘irlari kutilmoqda
3 aprel 2023, 17:17

O‘zbekiston bo‘ylab jala yomg‘irlari kutilmoqda

Respublikaning deyarli barcha hududlarida 3-aprel kuni soat 20:00 dan 23:00 ga qadar jala yomg‘irlari yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda “Tutukon neo” dorisi sotuvdan olib tashlandi
3 aprel 2023, 16:20 1

O‘zbekistonda “Tutukon neo” dorisi sotuvdan olib tashlandi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi Ispaniyaning “Laboratorio Miquel” ishlab chiqaruvchisiga tegishli “Tutukon neo” dorisini O‘zbekistondagi farmatsevtika bozoridan qaytarib oldi.

Toshkentda o‘tishi aytilgan “JARA” festivali boshqa vaqtga qoldirilishi mumkin
3 aprel 2023, 14:55

Toshkentda o‘tishi aytilgan “JARA” festivali boshqa vaqtga qoldirilishi mumkin

20−21-may Toshkentda bo‘lib o‘tishi aytilgan “JARA” musiqa festivali boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin, deya “Gazeta.uz”ga tadbir targ‘ibotchilari xabar bermoqda. iTicket sayti chiptalar savdosini to‘xtatdi, festivalning Instagram`dagi sahifasi bloklandi. Avvalroq tadbir Boku va Almatada bekor qilingandi.

O‘zbekistonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilganlar qo‘llab-quvvatlanadi
3 aprel 2023, 12:58

O‘zbekistonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilganlar qo‘llab-quvvatlanadi

Prezident qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilanadi. Shuningdek, Kasbi tumanida suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va foydalanuvchilarga suv yetkazib berish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting