Toshkentda 2-aprel, yakshanba kuni tushdan keyin kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ldi, kuchli shamol esib, ba’zi joylarda do‘l yog‘di. Yomg‘irning davomiyligi 2,5−3 soatni tashkil etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” so‘roviga asosan O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.

Shahar tumanlarida yomg‘ir miqdori: Teleminora hududida — 10 millimetr, Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida — 22 millimetr, Toshkent xalqaro aeroporti hududida — 33 millimetrni tashkil etdi. Do‘lning diametri 11 millimetrga yetdi, shamol ba’zi joylarda 18 metr/sekundgacha kuchaydi.

yomg‘ir, ўзгидромет

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan do‘l

Taqqoslash uchun, 1936-yil 2-aprelda Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida 32 millimetr yomg‘ir yog‘gan.

“O‘zbekistonda bahor faslida momaqaldiroq bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi, ba’zida do‘l yog‘ishi holatlari ko‘pincha sodir bo‘lib turadi. Bunday holatlar Toshkentda bahor oylarida tez-tez kuzatiladi”, — deyiladi O‘zgidromet xabarida.

Mart

Toshkentda 2022-yil mart oyi eng nam, bir oyda 189 mm (me’yor 66 mm) yog‘ingarchilik bo‘lgan, u me’yorning 285 foizini tashkil etadi. Bunday yog‘ingarchilik miqdori 1969-yil rekordini yangiladi, ushbu davrda bir oy davomida 184 mm yog‘ingarchilik bo‘lgan.

Mart oyida kecha-kunduzlik maksimal yog‘ingarchilik rekordi 50 millimetrni tashkil etadi, u 2009-yil 18-martda o‘rnatilgan. 2011-yil 14-mart kuni Toshkentda bir kecha-kunduzda 37 mm yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik yog‘gan.

Toshkentda deyarli har yili 15 millimetrdan 22 millimetrgacha bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi, miqdori 23 millimetrdan 30 millimetrgacha bo‘lgan jadal yog‘ingarchiliklar esa 3−5 yilda 1 marta kuzatiladi.

Aprel

Kuzatuv tarixida 1990-yilning aprel oyi eng nami bo‘lgan. O‘sha oyda Toshkentda 179 mm yog‘ingarchilik yog‘gan, bu taxminan 3 oylik me’yorga teng.

1990-yil 8-aprelda kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdorining mutlaq rekordi o‘rnatilgan. Aprel oyining oylik me’yori 63 mm bo‘lganda shu kun davomida Toshkentda 65 mm yomg‘ir yog‘gan.

Avvalroq O‘zgidromet hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilgandi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar, do‘l yog‘ishi kuzatiladi. Harorat +15…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto

yomg‘ir, ўзгидромет

yomg‘ir, ўзгидромет

yomg‘ir, ўзгидромет

yomg‘ir, ўзгидромет