O‘zbekiston Ispaniyaning “Laboratorio Miquel” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tutukon Neo” dori vositasini muomaladan olib tashladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi ma’lum qildi.

Gap siydik yo‘llarining yuqumli va yallig‘lanish kasalliklariga qarshi ishlatiladigan ichga qabul qilinadigan doir haqida ketmoqda.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, preparat “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgan.