2-aprel, yakshanba kuni soat taxminan 17:00 da kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent shahrining Bobur ko‘chasidagi 59-uyda ikkita balkon qulab tushdi. “Gazeta.uz” muxbirlari mazkur manzilga tashrif buyurib, xonadonda yashovchilar bilan suhbatlashdi.

Muxbir bilan suhbatda aholi vakillaridan biri uyning fasad qismini ta’mirlash vaqtida balkonlar dizayniga o‘zgartirishlar kiritilganini ta’kidladi. Dastlab ular panjara bilan to‘silgan ochiq balkonlar bo‘lgan. Ta’mirlash vaqtida penolast bilan qoplangan. Bundan tashqari, suhbatdoshga ko‘ra, ayrim aholi balkonlarni g‘isht bilan qoplagan. Ikkala holatda ham suv chiqib ketishi uchun truba qilinmagan.

Aholining so‘zlariga ko‘ra, to‘planib qolgan suv va qoplama materiali sababli dastlab to‘rtinchi qavatdagi balkon qulab tushgan. Qulash paytida o‘zidan pastdagi balkonni ham birga olib ketgan. Ammo ikkinchi qavatdagi balkonda faqat yoriqlar paydo bo‘lgan. Shuningdek, balkon qulashi oqibatida deraza va eshiklar zarar ko‘rgan. Ular vaqtincha plastik plyonka bilan qoplangan.

Keyingi pod’ezdda yashovchilar balkondagi qoplamani teshib, suvning oqib ketishiga erishgan.

Mazkur voqea yuzasidan Yakkasaroy tumani hokimligining xabar berishicha, 1963-yilda qurilgan uyning ichki qismida hech qanday zarar aniqlanmagan.

Balkonlarning qulashiga kelsak, hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari hamda Toshkent shahri uy-joy fondini nazorat qilish inspeksiyasi vakillari tomonidan zudlik bilan o‘rganilgan.

“Tegishli tashkilotlar instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirdi”, — deyiladi xabarda. Hokimlik bu haqda keyinroq batafsil xabar berishini bildirdi.

Foto

инфратузилма, ёмғир, qulab tushdi, balkon

инфратузилма, ёмғир, qulab tushdi, balkon

Voqea oqibatlari qutqaruvchilar tomonidan 2-aprel kuni bartaraf etilayotgan jarayon. Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

инфратузилма, ёмғир, qulab tushdi, balkon

Tushib ketgan balkonlar qoldiqlari. Foto: “Gazeta.uz”

инфратузилма, ёмғир, qulab tushdi, balkon

Ikkinchi qavatdagi shikastlangan balkon. Foto: “Gazeta.uz”

инфратузилма, ёмғир, qulab tushdi, balkon

Suv tushib ketishi uchun qilingan teshik. Foto: “Gazeta.uz”