O‘zbekiston bo‘ylab jala yomg‘irlari kutilmoqda

Respublikaning deyarli barcha hududlarida 3-aprel kuni soat 20:00 dan 23:00 ga qadar jala yomg‘irlari yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekiston shaharlarining o‘sishi — mamlakat taraqqiyoti uchun boy bermaslik zarur bo‘lgan noyob imkoniyat

Jahon bankining shaharlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mutaxassisi Dmitriy Sivayev “Gazeta.uz” uchun maqolasida mamlakatdagi shaharsozlik bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlar haqida hikoya qiladi.

Baxmal tumani bosh arxitektori o‘z joniga qasd qildi

Jizzax viloyati Baxmal tumani bosh arxitektori vafoti munosabati bilan “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘lim yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Martda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yuqoriligicha qolmoqda

Mart oyida inflyatsiya darajasi 1,01%ni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu oyidagidan past, lekin 2021-yildagidan ko‘p. Sut narxining oshishi davom etdi, shakar 4,7%ga, guruch 4,6%ga qimmatladi. Meva-sabzavotlardan qovoq, pomidor va karam eng qimmatlagan mahsulot bo‘ldi. Toshkentda palov narxi 4,5%ga oshdi.

Toshkentda o‘tishi aytilgan “JARA” festivali boshqa vaqtga qoldirilishi mumkin

20−21-may Toshkentda bo‘lib o‘tishi aytilgan “JARA” musiqa festivali boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin, deya “Gazeta.uz”ga tadbir targ‘ibotchilari xabar bermoqda. iTicket sayti chiptalar savdosini to‘xtatdi, festivalning Instagram`dagi sahifasi bloklandi. Avvalroq tadbir Boku va Almatada bekor qilingandi.

O‘zbekistonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilganlar qo‘llab-quvvatlanadi

Prezident qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilanadi. Shuningdek, Kasbi tumanida suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va foydalanuvchilarga suv yetkazib berish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli o‘tadi

Hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar, do‘l yog‘ishi kuzatiladi. Harorat +15…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Hokimlarning targ‘ibot guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi qarorlari E-Qaror portalidan g‘oyib bo‘ldi

Hokimlik qarorlari e’lon qilinadigan E-Qaror portalida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini targ‘ib etish bo‘yicha guruhlar tuzish to‘g‘risidagi hokimlar qarorlari berkitildi, bu haqdagi Toshkent shahri hokimi v.b.ning qarori esa o‘chirib tashlangan.

Ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson hokimi ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qilindi

Fermerlar kengashi ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayevning xatti-harakatlari yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat yo‘lladi. BP matbuot xizmati holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Taxmina Ikromova badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida 3 ta medal oldi

Bolgariyada o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida Taxmina Ikromova 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. U Gretsiyada o‘tgan 1-bosqichda kumush medalni olgandi. Musobaqaning 3-bosqichi Toshkentda bo‘ladi.

Poytaxt hokimligi — kuchli yomg‘irlardan so‘ng suv bosgani haqida

2-aprelda Toshkentda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, shahar ko‘chalari, tunnellar va hatto metro bekatlarini suv bosdi. Hokimlik holatga munosabat bildirib, buni “lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani” bilan izohladi.

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan

Yakshanba kuni kuchli yog‘ingarchilik paytida Toshkentning Bobur ko‘chasida joylashgan turar joy binosida ikkita balkon qulab tushdi. “Gazeta.uz” muxbirlari voqea joyiga borib, ehtimoliy oqibatlar bo‘yicha aholi bilan suhbatlashdi.

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet

O‘zgidromet 2-aprel kuni Toshkentda deyarli uch soat davom etgan yomg‘ir miqdori turli hududlarda 10 millimetrdan 33 millimetrgacha bo‘lganini ma’lum qildi. Do‘lning diametri 11 millimetrga yetdi. Kunlik yog‘ingarchilikning mutlaq rekordi (65 mm) 1990-yil 8-aprelda qayd etilgan. Aprel oyining normasi 63 mm.

Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka qulashi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivida yuk mashinasi jarlikka qulab, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holatga uning harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan yurgani va boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Urganchdagi mehribonlik uyining 3 nafar tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi

Urganchdagi mehribonlik uyining zo‘ravonlikka uchragan 3 tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi. Prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva ular xavfsizlikda ekanini bildirdi. “Barcha darajadagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi”, — dedi va OAV hamda faollarga minnatdorlik bildirdi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Toshkent ramzlariga chizgilar: Teleminora

Toshkent teleminorasini uning foyesidagi hashamatli panno va yuqoridan ko‘rinuvchi shahar manzarasi uchun qadrlashadi. 110 metr balandlikdagi “Koinot” restorani esa minglab juftliklar uchun oilaga tamal toshi qo‘yilgan maskan hisoblanadi. Teleminora xodimlari uni nima uchun yaxshi ko‘rishi — maxsus materialimizda.