3-aprel kuni kechki vaqtda O‘zbekiston bo‘ylab jala yomg‘irlari kuzatiladi, deya xabar qilmoqda O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullayev.

Jala yomg‘irlari 3-aprel soat 20:00 dan 23:00 ga qadar kuzatilishi kutilmoqda. Faqatgina Nukus, Urganch va Andijon shaharlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 2-aprel, yakshanba kuni tushdan keyin davomli momaqaldiroqlar sodir bo‘ldi va ayrim joylarda do‘l yog‘di. Uning ortidan kuchli yomg‘ir ham yog‘ib o‘tdi. Buning oqibatida ko‘chalarda toshqinlar kuzatilib, tunellar va metro bekatlari suvga to‘ldi.