30-mart kuni Buxoro viloyatidagi tergov hibsxonasida o‘tgan yilgi Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan 39 nafar mahkumning oila a’zolari va yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarga jami 77 kishi keldi.

Uchrashuvlar mahkumlarning yaqinlari murojaat yo‘llanganidan so‘ng Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya tomonidan tashkil etildi.

Ayni paytda tergov hibsxonasida mazkur ish bo‘yicha jami 44 nafar mahkum saqlanmoqda. Uchrashuvlarda 5 nafar mahkumning qarindoshlari ishtirok etmadi, deyiladi komissiya xabarida.

mustaqil komissiya, нукус voqealari, қорақалпоғистон voqealari

Avval xabar qilinganidek, ikki sud jarayoni yakunlariga ko‘ra, 61 nafar (22 va 39 nafar) shaxs sudlangan, ulardan 16 nafari sud zalidan ozod etilgan, 1 nafari — Po‘lat Shamshetov vafot etgan.

Komissiya mahkumlarning yaqinlari yo‘llagan murojaatni olgach, Oliy sudga iltimosnoma yuborgan va ariza qanoatlantirilgan. Shundan so‘ng komissiya tomonidan sudlanganlarning oila a’zolari bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish, yo‘l xarajatlarini qoplash masalasida Jo‘qorg‘i Kenesga hamda qisqa muddatli uchrashuvlar uchun kerakli sharoitlarni hozirlash bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti tergov hibsxonasiga murojaat qilindi.

Xabarda aytilishicha, sudlanganlarga qo‘shimcha yo‘qlovlar (posilka) ham kiritilgan.