Jamiyat

1-iyundan nimalar o‘zgaradi?
31 may 2023, 12:20

1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlar kunu tun savdo qilishiga ruxsat beriladi, endi chaqaloqlarning guvohnomalari FHDYOdan emas, balki tug‘ruqxonani o‘zidan olinadi, “To‘maris izdoshlari” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, qishda talafot ko‘rgan tadbirkorlarga berilgan kredit ta’tillari tugaydi — 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston ta’lim tizimi yana o‘zgaradimi?
31 may 2023, 12:20

O‘zbekiston ta’lim tizimi yana o‘zgaradimi?

MMTV yuqori sinflarda fanlar soni qisqarishi, boshlang‘ich sinflar uchun informatika fani kiritilishi va maktablar boshqaruvida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida xabar berdi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilovning yozishicha, ta’limdagi har qanday yangilik chuqur va ilmiy asoslangan tahlillarga tayanishi lozim.

O‘zbekistonda bola tug‘ilganidanoq maktabga onlayn hisobga qo‘yish tizimi joriy etiladi
31 may 2023, 11:17

O‘zbekistonda bola tug‘ilganidanoq maktabga onlayn hisobga qo‘yish tizimi joriy etiladi

2024-yildan bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manziliga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yish tizimi joriy qilinadi. Maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz platformasida shakllantiriladi. Shuningdek, direktorlar ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadigan bo‘ladi.

Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi
31 may 2023, 11:05

Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi

2024-yil 1-iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar maktab o‘qituvchilarinikiga teng miqdorda oylik oladi. Shuningdek, davlatga qarashli bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berish tartibi o‘zgaradi.

Prezident maktablari yangi o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi
31 may 2023, 10:59

Prezident maktablari yangi o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi

Prezident maktablariga 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan 30-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda profilaktik hisobda turganlar doirasini qisqartirish rejalashtirilmoqda
31 may 2023, 10:46

O‘zbekistonda profilaktik hisobda turganlar doirasini qisqartirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda profilaktik hisobda turgan shaxslar doirasini qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan 368,6 ming nafardan ziyod shaxsga nisbatan profilaktik hisob bekor qilinishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vaziri tug‘uruqxonalardagi vaziyatni tanqid qildi
31 may 2023, 10:08

Sog‘liqni saqlash vaziri tug‘uruqxonalardagi vaziyatni tanqid qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov homilador ayollarga davlat tomonidan dori-darmon uchun yetarli mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa-da, ularga ro‘yxat yozib berilayotganini va tug‘ilishlarning aksariyati kesarcha kesish yo‘li bilan bo‘layotganini tanqid qildi.

Farg‘onada maktab bitiruvchisi kanalda cho‘kib ketdi
31 may 2023, 09:44

Farg‘onada maktab bitiruvchisi kanalda cho‘kib ketdi

25-may kuni Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan 5 kun o‘tsa ham topilmagan. Qutqaruv otryadi voqea joyida qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

30-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 may 2023, 22:00

30-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ekopartiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod, juma tabrigini tarqatishga Musulmonlar idorasining munosabati, Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish haqida gapirgan energetika vaziri, minglab ishlab chiqargan bo‘lsada, sotuvda yo‘q Cobalt, Lacetti, Damas va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Japan Digital University`da qabul davom etmoqda
30 may 2023, 19:00

Japan Digital University`da qabul davom etmoqda

12-iyunga qadar Japan Digital University`da kuzgi semestrga qabul davom etadi. Abituriyentlar muhandis-dasturchi, kompyuter grafikasi va dizayn yo‘nalishilari bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin.

Batik Air Kuala-Lumpur va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
30 may 2023, 18:18

Batik Air Kuala-Lumpur va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi oktabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga uch martagacha amalga oshiriladi.

Toshkent tumanida bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi
30 may 2023, 17:44

Toshkent tumanida bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi

Toshkent viloyatida uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 450 kvadrat metr maydonda tom va ichki jihozlar yonib zararlandi.

“Darslik emas, qo‘llanma”. Maktab vazirligi surati tarqalgan ma’naviyat kitobi haqida
30 may 2023, 17:09

“Darslik emas, qo‘llanma”. Maktab vazirligi surati tarqalgan ma’naviyat kitobi haqida

Tarmoqlarda Mening ma’naviy hamrohim nomli maktab darsligi yaratilayotgani, u 1-sinfdan 11-sinfgacha o‘tilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu kitobning qo‘llanma ekani, o‘quv rejaga kiritilishi rejalashtirilmaganini bildirdi.

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi ta’lim loyihasini taqdim etdi
30 may 2023, 17:00

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi ta’lim loyihasini taqdim etdi

30-may kuni Samarqandda “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining “Mas’uliyatli moliya va qishloqning barqaror rivojlanishi” ta’lim loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Maktabga borish uchun Sirdaryodan qayiqda o‘tadigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
30 may 2023, 15:06

Maktabga borish uchun Sirdaryodan qayiqda o‘tadigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi

Sirdaryo viloyatida maktabga borish uchun daryoni qayiqda kechib o‘tadigan qiz sentabrdan o‘qishni Gulistondagi sport maktabida akademik eshkak eshish yo‘nalishida davom ettiradi. Shu sabab endi qiz daryodan o‘tishi shart emas.

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘q — Musulmonlar idorasi
30 may 2023, 11:37

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘q — Musulmonlar idorasi

Tarmoqlarda juma tabrigi va diniy materiallar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilgan xabarlar tarqaldi. Musulmonlar idorasi ularning yolg‘onligini bildirib, juma tabriklarini tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘qligini ma’lum qildi. Idora ulashish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kasalxonada vafot etdi
30 may 2023, 11:22

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kasalxonada vafot etdi

Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik migrant hujjatlarni tekshirish vaqtida vafot etgani aytilgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi uning shifoxonada vafot etgani, o‘lim hujjat tekshirish jarayoni bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Uning jasadi mamlakatga qaytarilgan.

Qashqadaryoda 3 nafar bloger 5 sutkaga qamaldi. Jamoatchilik buning qonuniyligiga shubha qilmoqda
30 may 2023, 10:50

Qashqadaryoda 3 nafar bloger 5 sutkaga qamaldi. Jamoatchilik buning qonuniyligiga shubha qilmoqda

Qashqadaryo viloyatida 3 nafar blogerga mayda bezorilik, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa moddalar bo‘yicha 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jamoatchilik buni “mantiqsiz va noqonuniy” deya atab, Oliy suddan asoslantirilgan izoh berishni so‘radi.

Toshkentda tergovdan qochish uchun 4-qavatdan sakragani aytilgan 21 yoshli yigit vafot etdi
30 may 2023, 09:27

Toshkentda tergovdan qochish uchun 4-qavatdan sakragani aytilgan 21 yoshli yigit vafot etdi

Chilonzor tumani IIB binosida 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdagi hojatxonadan sakragani aytilmoqda. U shifoxonada vafot etgan. Yigit mashinasidan giyohvand modda topilgani uchun qo‘lga olingandi. Marhumning yaqinlari uning o‘limi sababiga shubha bildirmoqda.

“G‘oyani dunyoga keltirgan hislarimni saqlab qolishga harakat qilaman” — Haykaltarosh Yunus Safardiyor
30 may 2023, 05:42

“G‘oyani dunyoga keltirgan hislarimni saqlab qolishga harakat qilaman” — Haykaltarosh Yunus Safardiyor

Yunus Safardiyor — dunyoga mashhur samarqandlik haykaltarosh. Uning ijod namunalari Rossiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistondagi jamoat maskanlarini bezab turibdi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida zamonaviy san’atga nisbatan qarashlari va ijodida Samarqandning o‘rni haqida so‘zlab berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting