25-may kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi. Bu haqda Bu kun dasturida xabar berildi.

O‘sha kuni tumandagi maktablarning birining bitiruvchilari “Paxtakor” mahallasi hududidan oqib o‘tadigan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida borgan. Ulardan biri esa cho‘milish vaqtida suvdan qaytib chiqmagan.

Voqea joyiga FVBning maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Hozirda xodimlar voqea joyida qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

Qayd etilishicha, Janubiy Farg‘ona kanali cho‘milish havzasi emas, kanal qirg‘olarida cho‘milish taqiqlanishi aytilgan belgilar ham mavjud.