Bugungi kun yangi formatdagi ishbilarmon ayollarni tayyorlashda zamonaviy, kreativ yondashuvlarni talab qiladi, shuning uchun bu masala “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. German Sparkassenstiftung for International — Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi ko‘magida bir qator yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

реклама, тадbirкор ayol

Jumladan, 30-may kuni Samarqandda “Mas’uliyatli moliya va qishloqning barqaror rivojlanishi” ta’lim loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik doirasida o‘tgan yili Toshkent, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda 400 ga yaqin xotin-qizlar o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi, xorijiy ekspertlar yordamida 10 nafardan ortiq malakali murabbiylar tayyorlandi.

реклама, тадbirкор ayol

2023-yilda hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlandi. Germaniyalik hamkorlar tomonidan “Iqtisodiy, moliyaviy va biznes savodxonlikni oshirish uchun ta’lim fondi” tashkil qilindi. Yangi jamg‘arma ko‘magida “Mas’uliyatli moliya va qishloqlarni barqaror rivojlanishi” qo‘shma loyihasi Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistonning 12 viloyatida amalga oshiriladi. Loyihada qishloq xo‘jaligida yangi ish boshlayotgan va o‘z ishini yanada rivojlantirish istagidagi hotin-qizlar ishtirok etishadi.

реклама, тадbirкор ayol

Loyiha doirasida hududiy bo‘linmalar rahbarlari va biznes trenerlar uchun xorijiy biznes-ekspert rahbarligida murabbiylik malakasini oshirish bo‘yicha uch kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

реклама, тадbirкор ayol

25 nafar trening ishtirokchilarga nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, balki jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini ham egallash imkoni berildi. O‘quv jarayoniga kasbiy tayyorgarlikning deyarli barcha shakllari jalb qilindi:

  • mini-ma’ruzalar;
  • rolli o‘yinlar;
  • aqliy hujum;
  • munozara;
  • guruh mashqlari;
  • individual vazifa;
  • juftlikda ishlash.

реклама, тадbirкор ayol

Taqdimot davomida loyihaning amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Muximi — loyiha yuqori malakali trenerlar yordamida amalga oshiriladi. Murabbiylar olgan bilimlarini hududlarda yosh tadbirkorlarni tayyorlashda amaliyotda qo‘llashadi. Reja bo‘yicha O‘zbekiston chekka hududlarida 70 dan ortiq treninglar o‘tkaziladi. Natijada qishloqning 1400 dan ziyod ayollari ishbilarmonlik ko‘nikmalariga o‘rgatiladi.

Reklama huquqlari asosida.