Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi oktabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Uzbekistan Aiports matbuot xizmati.

Muntazam parvozlar haftasiga uch martagacha Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bunday niyatni aviakompaniya vakillari O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Samarqand ayeroporti boshqaruv kompaniyasi ko‘magida Uzbekistan Aiports bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida bildirgan.

Ma’lumot uchun, Batik Air bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo‘lib, mamlakat ichida muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi. Kompaniya Lion Air arzon aviakompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi.