Ekopartiya O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi

Ekologik partiyadan prezident saylovi uchun Abdushukur Xamzayev nomzod etib tasdiqlandi. Uning dasturida bir martalik plastik va polietilen idishlardan voz kechish, elektron sigaretlarni mamlakatga olib kirishni, 2030-yildan benzinli avtomobillarni sotish va sotib olishni taqiqlash va boshqalar taklif qilingan.

“Darslik emas, qo‘llanma”. Maktab vazirligi surati tarqalgan ma’naviyat kitobi haqida

Tarmoqlarda Mening ma’naviy hamrohim nomli maktab darsligi yaratilayotgani, u 1-sinfdan 11-sinfgacha o‘tilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu kitobning qo‘llanma ekani, o‘quv rejaga kiritilishi rejalashtirilmaganini bildirdi.

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘q — Musulmonlar idorasi

Tarmoqlarda juma tabrigi va diniy materiallar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilgan xabarlar tarqaldi. Musulmonlar idorasi ularning yolg‘onligini bildirib, juma tabriklarini tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘qligini ma’lum qildi. Idora ulashish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.

Maktabga borish uchun Sirdaryodan qayiqda o‘tadigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi

Sirdaryo viloyatida maktabga borish uchun daryoni qayiqda kechib o‘tadigan qiz sentabrdan o‘qishni Gulistondagi sport maktabida akademik eshkak eshish yo‘nalishida davom ettiradi. Shu sabab endi qiz daryodan o‘tishi shart emas.

“Texnik masalalar bo‘yicha ishlayapmiz”. Energetika vaziri — Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish haqida

O‘zbekiston va Rossiya rus gazini yetkazib berishning tijoriy shartlarini faqat texnik masalalar hal etilgandan keyingina muhokama qila boshlaydi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Shuningdek, u o‘zbek gazini Xitoyga yetkazib berish ishlari imzolangan shartnomalarga ko‘ra olib borilayotganini aytdi.

O‘zbekiston prezidentining “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida qatnashishi kutilmoqda

Qirg‘iziston 2-iyun kuni Cho‘lponotada “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammiti o‘tkazilishini e’lon qildi. Unda Yevropa Kengashi rahbari, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston prezidentlari hamda Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

UzAuto Motors aprelda minglab Cobalt, Lacetti, Damas ishlab chiqargan. Biroq bu avtomobillar sotuvda yo‘q

UzAuto Motors aprelda salkam 10 mingtadan Cobalt va Lacetti, 2,1 mingta Damas ishlab chiqargan. Biroq ushbu avtomobillar sotuvda mavjud emas.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kasalxonada vafot etdi

Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik migrant hujjatlarni tekshirish vaqtida vafot etgani aytilgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi uning shifoxonada vafot etgani, o‘lim hujjat tekshirish jarayoni bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Uning jasadi mamlakatga qaytarilgan.

Qashqadaryoda 3 nafar bloger 5 sutkaga qamaldi. Jamoatchilik buning qonuniyligiga shubha qilmoqda

Qashqadaryo viloyatida 3 nafar blogerga mayda bezorilik, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa moddalar bo‘yicha 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jamoatchilik buni “mantiqsiz va noqonuniy” deya atab, Oliy suddan asoslantirilgan izoh berishni so‘radi.

Senatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi

Oliy Majlis Senati 1-iyun kuni chaqiradigan yalpi majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi. Parlament quyi palatasi bu qonunni oktabr oyida qabul qilgan. Yig‘ilishda yana bir qator qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

Toshkentda tergovdan qochish uchun 4-qavatdan sakragani aytilgan 21 yoshli yigit vafot etdi

Chilonzor tumani IIB binosida 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdagi hojatxonadan sakragani aytilmoqda. U shifoxonada vafot etgan. Yigit mashinasidan giyohvand modda topilgani uchun qo‘lga olingandi. Marhumning yaqinlari uning o‘limi sababiga shubha bildirmoqda.

Prezident farmoni bilan prokuratura organlari shtati ko‘paytirildi

Prezidentning yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoni bilan prokuratura organlarida boshqaruv xodimlari soni 4195 dan 4886 nafarga, Bosh prokuratura prokuror-tergovchilari esa 252 dan 316 nafarga oshirildi. Yana bir — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Toshkent tumanida bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi

Toshkent viloyatida uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 450 kvadrat metr maydonda tom va ichki jihozlar yonib zararlandi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolalar:

“G‘oyani dunyoga keltirgan hislarimni saqlab qolishga harakat qilaman” — Haykaltarosh Yunus Safardiyor

U dunyoga mashhur samarqandlik haykaltarosh. Uning ijod namunalari Rossiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistondagi jamoat maskanlarini bezab turibdi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida zamonaviy san’atga nisbatan qarashlari va ijodida Samarqandning o‘rni haqida so‘zlab berdi.