Jamiyat

2023−2024 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi
4 iyul 2023, 14:05

2023−2024 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.

OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
4 iyul 2023, 12:54

OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga 2023-yilgi qabulda inobatga olinmaydi — Bilimni baholash agentligi
4 iyul 2023, 12:41

So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga 2023-yilgi qabulda inobatga olinmaydi — Bilimni baholash agentligi

2023−2024 o‘quv yilidan bitiruvchilarning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi kerak edi. Bilimni baholash agentligi ushbu tartib 2 yilga kechiktirilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda abituriyentlarga imtihondan so‘ng universitet va o‘qish shaklini tanlashga ruxsat beriladi
4 iyul 2023, 11:23

O‘zbekistonda abituriyentlarga imtihondan so‘ng universitet va o‘qish shaklini tanlashga ruxsat beriladi

2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi. Bunda abituriyentlarga to‘plagan balidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, akademik litseylarga qabulda yozma imtihon bekor qilinadi.

Iyunda 6,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
4 iyul 2023, 10:58

Iyunda 6,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda iyun oyida 265 ta holatda 6,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Taqqoslash uchun, may oyida 20,6 mlrd so‘mlik 135 ta holat aniqlangan.

Samarqandda biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi
4 iyul 2023, 10:49

Samarqandda biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi

Ishtixon tumanidagi biolaboratoriya hududidan erkak jasadi topildi. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, marhum mast holatda boshqa bir erkak bilan janjallashgani oqibatida vafot etgan.

O‘zbekistonning 4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
4 iyul 2023, 09:50

O‘zbekistonning 4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

5−7-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
4 iyul 2023, 09:48

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirildi. Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplayens tushunchasi kiritildi.

Ilg‘or Zelenskiy, Fayzulla Xo‘jayevga maqola yozish topshirig‘i, “Amerika, ko‘rpangga qarab oyoq uzat!”. O‘zbek matbuoti 4-iyulda nimalar haqida yozgan?
4 iyul 2023, 07:29

Ilg‘or Zelenskiy, Fayzulla Xo‘jayevga maqola yozish topshirig‘i, “Amerika, ko‘rpangga qarab oyoq uzat!”. O‘zbek matbuoti 4-iyulda nimalar haqida yozgan?

90 yil avval O‘zbekistonda nega olma va nok hosili kamayib ketgan? 60 yil avval SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyov nega Amerika prezidenti Jon Kennedining nutqlaridan achchiqlangan? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.

3-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
3 iyul 2023, 22:00

3-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Xususiylashmaydigan “Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlari, velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH, Toshkentda mashina olib qochgan shaxsni to‘xtatish uchun o‘qotar qurol ishlatilgani, hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qilgan Shuhrat G‘aniyev, salqin hafta va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkentda velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH sodir bo‘ldi
3 iyul 2023, 20:36

Toshkentda velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH sodir bo‘ldi

Dam olish kunlari Toshkentda velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda jabrlanuvchilar “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishdi. Ikkala holatda ham haydovchilar IIO xodimlari bo‘lgan.

Namangandagi Yangi Axsi majmuasidan kumush tangalar topildi
3 iyul 2023, 18:06

Namangandagi Yangi Axsi majmuasidan kumush tangalar topildi

Namangan viloyatidagi Yangi Axsi arxeologik yodgorlik majmuasidan 1200−1500-yillik tarixga ega tangalar topildi. Ular orasida Baqtriya kumush tangalari, shuningdek, Qoraxoniylar davriga oid tangalar mavjud.

Toshkentda mashina olib qochgan shaxsni to‘xtatish uchun o‘qotar qurol ishlatildi
3 iyul 2023, 17:25

Toshkentda mashina olib qochgan shaxsni to‘xtatish uchun o‘qotar qurol ishlatildi

Toshkentda avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi mashina olib qochdi. IIO xodimlari gumonlanuvchini to‘xtatish uchun o‘qotar qurol qo‘lladi. Qurolni qo‘llash jarayonida hech kimga shikast yetmagani qayd etildi.

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim joylarida issiq suv o‘chirildi
3 iyul 2023, 16:17

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim joylarida issiq suv o‘chirildi

Toshkentdagi 5-IM qozonxonasida elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv o‘chirildi. Ta’minot taxminan 3-iyul kuni kechqurun soat 20:00 gacha qayta tiklanadi.

Ko‘chalar jinoyat joyiga o‘xshashi shartmi?
3 iyul 2023, 15:04

Ko‘chalar jinoyat joyiga o‘xshashi shartmi?

Toshkentdagi chorrahalar va piyodalar o‘tish joylari yaqinida odatda jinoyat sodir bo‘lgan joylar va qurilish maydonchalarini belgilashda foydalaniladigan tasmalar paydo bo‘ldi. Bu esa shaharning xavfli ko‘chalarini yanada xavfli ko‘rinishga olib keldi. Foto.

“Jipiriq, shunchalik ham aldaysanmi?” Shuhrat G‘aniyev hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qildi
3 iyul 2023, 13:21

“Jipiriq, shunchalik ham aldaysanmi?” Shuhrat G‘aniyev hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qildi

Tarmoqlarda prezident maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev yig‘ilishda hokimlar va suv xo‘jaligi rahbarlarini qo‘shib yozish va sug‘orish ishlari sifatsiz olib borilayotgani uchun tanqid qilgan video tarqaldi. U prokuraturaga Qashqadaryo viloyatining uchta tumani hokimlarini jinoiy javobgarlikka tortishni buyurdi.

Termizda yana chang bo‘roni kuzatildi
3 iyul 2023, 12:54

Termizda yana chang bo‘roni kuzatildi

Erta tongda Termizda chang bo‘roni boshlandi. Soat 09:00 da havodagi mayda PM10 zarrachalarining miqdori ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 14,7 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi pasaygach, havoda chang g‘ubori kuzatildi.

Buxoroda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlangani aytilmoqda
3 iyul 2023, 12:34

Buxoroda fuqaroni $25 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlangani aytilmoqda

Buxoroda fuqaroni 25 ming dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlangani aytilmoqda. U uyida fuqarodan 10 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi.

FlyArystan aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
3 iyul 2023, 12:24

FlyArystan aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Ostona va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam qatnovlar haftasiga 2 marta amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda havo hafta davomida salqinroq bo‘ladi
3 iyul 2023, 11:16

O‘zbekistonda havo hafta davomida salqinroq bo‘ladi

Dushanbadan boshlab O‘zbekistonda kunduzgi havo harorati +33…+36 darajagacha pasayadi va bu harorat foni hafta oxirigacha saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 20−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting