3-iyul kuni soat 04:00 dan boshlab Termiz shahrida meteo sharoitlar tufayli chang bo‘roni boshlandi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilgan stansiyalarining ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi mayda PM10 zarrachalarining miqdori 719 mkg/m3 ni tashkil etgan, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 1,5 barobar oshib ketgan. Shamol tezligi — 11 m/s.

Ertalab soat 05:00 da PM10 indeksi 1600 mkg/m3 (me’yordan 3,2 barobar yuqori), 06:00 da — 2420 mkg/m3 (4,8 barobar), 07:00 da — 2820 mkg/m3 (5,6 barobar), 08:00 da — 4025 mkg/m3 (8 barobar), 09:00 da — 7363 mkg/m3 (14,7 barobar). Shamol tezligining pasayishi bilan havoda chang g‘ubor kuzatildi.

Soat 10:00 da PM10 zarrachalarining miqdori 6065 mkg/m3 gacha kamaydi, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 barobar ko‘tarildi.