Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent.

“Toshkent issiqlik markazi” MCHJ (issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi asosiy ta’minotchi) 5-IM qozonxonasida elektr ta’minotidagi favqulodda uzilishlar va to‘xtab qolishi munosabati bilan bugun, 3-iyul kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatildi:

Yunusobod tumani: 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, M-4, M-5, V-6 mavzelar, Bodomzor, Chingiz Aytmatov, MKAD, Mingo‘rik, Bashkirskaya ko‘chalari.

Olmazor tumani: Vuzgorodok, Sebzor, Taxtapul, Shimoliy Olmazor, Tansiqboyev 1, 2, 3, 4, Qorasaroy, Sag‘bon, Chimboy, Olimpiya G-30, ToshGUPI, Qamarniso massivlari, Xodjayev ko‘chasi.

Shayxontohur tumani: Beltepa, Jarariq, Ibn Sino 1, 2, Xuvaydo, M-12, M-15 massivlari.

Mirzo Ulug‘bek tumani: M-1, M-2 massivlari, Xamid Olimjon maydoni.

Yashnobod tumani: Taraqqiyot, Sodiq Azimov ko‘chalari.

Issiq suv ta’minoti ishlar tugagandan va qozonxona ishga tushirilgandan so‘ng taxminan 3-iyul kuni kechqurun soat 20:00 gacha qayta tiklanishi ma’lum qilingan.